Solovyovning ko‘rsatuvi janjalga ulanib ketdi
Olam
−
29 Oktabr 2019
7547Ukrainalik siyosatshunoslar Vasil Vakarov va Aleksandr Semchenko "Oqshom Vladimir Solovyov bilan" dasturining studiyasida janjal qildi. Bu haqda ko‘rsatuv muallifi o‘zining Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.
Videoyozuvlar reklama vaqtida mehmonlar boshlangan mojaroning qanday davom ettirganini ko‘rsatmoqda. Siyosatshunoslar hujumga uchraganini ko‘rib, Solovyov va dasturning boshqa ishtirokchilari ularni ajratishga shoshildi.
Shundan so‘ng, teleboshlovchi mehmonlarga bunday xatti-harakatlar qabul qilinishi mumkin emasligini tushuntirishga harakat qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Aleksandr Semchenkoning telekanal efirida janjal ko‘tarishi birinchi marotaba emas.
Joriy oktyabr oyi boshida siyosatshunos "Rossiya 1" kanalidagi "60 daqiqa" dasturining studiyasida "Ukraina Yevropa harakati" tashkiloti boshqaruv raisi Vadim Tryuxan bilan janjallashgandi.
LiveBarchasi