Braziliyada Lula da Silvaga ayblovlar e’lon qilindi

Olam

image

Braziliya Federativ Respublikasi Bosh prokuraturasi mamlakatning sobiq Prezident Luis Inasiu Lula da Silva  hamda uning ukasiga qarshi korrupsiya ayblovlarini ilgari surdi. Xususan, Lulaning ukasi Freya Chiko 2003 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davrda “Odebrecht” qurilish kompaniyasidan 274 ming dollardan ko‘proq miqdorda pul mablag‘lari olgani, ushbu to‘lovlarni “Odebrecht”ning turli imtiyozlarga ega bo‘lish uchun amalga oshirganini aytmoqda.

Prezidentning  advokati  prokuratura tomonidan qo‘yilayotgan yangi ayblovlarni inkor etgan. Lula esa ilgari korrupsiya uchun 8 yilu 10 oy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki,  Lotin Amerikasidagi qator hukumat vakillari Braziliya energogiganti “Petrobras”ning asosiy pudratchisi bo‘lgan “Odebrecht” tomonidan millionlab pora olgani aniqlangan.  Xususan AQSH sudi  “Odebrecht” xorijiy siyosatchilar va hukumat vakillariga 2001 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda jami 439 million dollar to‘lagan. Ushbu qurilish gigantidan foydali shartnomalar uchun “minnatdorlik” qabul qilganlar orasida Argentina, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Ekvador, Gvatemala, Meksika, Panama, Peru, Venesuela rasmiylari ham borligini aytmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya sobiq

Baholaganlar

8

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing