Rossiyada 68 nafar o‘zbekistonlik zaharlandi
Jamiyat
−
18 iyul 2019
7172O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Samara viloyatida joylashgan “Koshelevskiy posad” korxonasida ishlaydigan 68 nafar O‘zbekiston fuqarosi “noma’lum moddadan zaharlanish” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Korxona rahbariyati bergan ma’lumotga ko‘ra, ularning barchasi qonuniy ravishda ishlaydi va mehnat shartnomasiga ega. Ish beruvchi Bosh konsulxonaga O‘zbekiston fuqarolarini davolash bilan bog‘liq barcha moliyaviy xarajatlar korxona hisobidan qoplanishini ma’lum qilgan.
Mazkur korxona va hamyurtlarimiz davolanayotgan tibbiyot muassasalari rahbariyati bilan aloqa o‘rnatilgan hamda vaziyat nazoratga olingan.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm o‘lkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.
LiveBarchasi