Qozog‘istonliklar bugun yangi Prezidentni saylaydi
Olam
−
09 iyun 2019 5940 1 daqiqa
Xabaringiz bor, bugun, 9 iyun kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan avval, 20 mart kuni mamlakat sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z xohishiga ko‘ra iste’fo berib, vakolatlarini Senat raisi Qosim-Jomart Toqayevga topshirgan edi. Mamlakatni 30 yil boshqargan Nazarboyevga Elboshi rutbasi berilgandi.
Ma’lumot uchun, Prezidentlik saylovlarida Qosim-Jomart Toqayev, Jambil Axmetbekov, Daniya Yespayeva, Toleutay Rahimbekov, Amirjan Kosanov, Sadibek Tugel va Amangeldi Taspixovlar kurash olib bormoqda.
Saylovda ovoz berish soat 6:00 dan boshlangan va soat 20:00 da yakuniga yetadi.
Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, saylovlarda 11 947 995 kishi qatnashadi. Ayni paytga kelib, saylovchilarning 35 foizi ovoz berib ulgurishgan.
Shuningdek, saylovda mamlakatning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va Bosh vazir Asqar Mamin ham ovoz berdi.
Saylovda g‘alaba qozongan nomzod 5 yillik muddatga saylanadi. Prezident etib saylanish uchun nomzod kamida 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi lozim.
Akbar Jiyanov
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr