Bugun “Barselona” bosh murabbiyi iste’foga chiqarilishi mumkin

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde bugun o‘z lavozimidan rasman iste’fo berishi mumkin.

Qator OAVning xabar qilishicha, klub rahbariyati bugun mutaxassisning ketgani haqida rasmiy bayonot bilan chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval “ko‘k-anorranglilar” prezidenti Xosep Bartomeu tez orada klub rahbariyati ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi ma’lum qilingan edi.

Yig‘ilishda Valverdening iste’fosi va uning o‘rniga munosib nomzod variantlari ko‘rib chiqiladi. Ma’lum bo‘lishicha, katalonlar boshqaruviga Roberto Martines va Ronald Kuman nomzodlari taklif etilgan. Jamoa futbolchilari Valverdening qolishini yoqlab ovoz berishgan. Sardor Messi omadsizliklarda murabbiy emas futbolchilar aybdor ekanligini ta’kidlagan.

Xabaringiz bor, “Barselona” 25 may kuni Ispaniya kubogi finalida “Valensiya”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Futbol Ernisto Valverdi

Baholaganlar

14

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing