Saida Mirziyoyeva: Nega matbuot to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarilmayapti?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bakalavr va magistratura yo‘nalishlarida Matbuot kotibi tayyorlash fakulteti ochiladi. Shuningdek, matbuot kotiblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi. 

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkentdagi “Hyatt ragency Tashkent” mehmonxonasida "OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari" mavzusidagi respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqib, bugungi OAV, davlat organlari Matbuot xizmatlariga tanqidiy baho berdi. 

Mirziyoyeva ko‘ra, davlat hokimiyati organlari rahbarlari tashkilot Matbuot xizmatlari OAVga e’tiborsizligicha qolmoqda. Shu bois bu yo‘nalishdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha yagona hujjatga ehtiyoj mavjud. 

"Nega matbuot to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarilmayapti? Bunga davlat organlari rahbarlari va Matbuot xizmatlarining matbuotga nisbatan e’tiborsizligi sabab bo‘lmoqda, deyish mumkin. Ularning ish yuritish uslubi, moddiy-texnik bazasi, kadrlarning salohiyati talabga javob bermaydi. Matbuot xizmatlarida shtat birliklari tashkil etilmagan", deydi Mirziyoyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing