Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
Jamiyat
−
22 aprel
13173O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 aprel kunidan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezident o‘tgan yili 4 dekabrdan qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi. 2022 yilda esa Mirziyoyevning qisqa muddatli mehnat ta’tili 5 yanvardan 7 yanvargacha bo‘lgandi. 2021 yilda Prezidentning ta’tili 7 kun – 4 yanvardan 10 yanvargacha davom etgan. Mirziyoyev birinchi mehnat ta’tiliga esa 2019 yil 5 avgustda chiqqan.
LiveBarchasi