SamAuto'ning D-MAX quest o‘yini ish va uyga bog‘lanib qolgan odamlarning hayotini qanday o‘zgartirdi?

Biznes

image

Mana, ikkinchi bor tashabbuskorlar jamoalarga birlashib, sarguzashtlar sari otlanmoqda va O‘zbekistonning eng go‘zal joylariga sayohat qilmoqda. Keyingi manzil qayer bo‘lishini va yo‘lda qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga to‘g‘ri kelishini hech kim bilmaydi, ammo bu qiziqishni aslo so‘ndirmaydi. Ko‘pchilik qatnashchilar uchun SamAuto avtokvesti yangi hayot uchun turtki bo‘ldi.

Bugun “Omad ovchilari” jamoasining kapitani Roman Shitikov o‘z tarixini so‘zlab beradi. Bu jamoa 2021 yilda o‘tgan birinchi D-MAX quest'da yarim finalgacha yetib borgandi va bu yil jamoalar uchun ishqibozlik qilish maqsadida bosqichlarga tashrif buyurdi.

Kvestgacha bo‘lgan hayot: uy — ish — uy

Men Toshkentda yashardim va xususiy kompaniya xodimi o‘laroq, boshqalarnikidan farqi bo‘lmagan, odatiy hayot kechirardim: uy — ish — uy. Ba’zida, dam olish kunlari dala hovliga chiqib turardik. Tog‘larga korporativ chiqishlar undan ham kamroq bo‘lardi. Zombiga o‘xshardim: hayot uchun yashash, pul topdingmi – shu zahoti sarflash. Xullas, eslashga ham arzimaydi. Rafiqam Svetlanada ham deyarli shu ahvol edi. U uy bekasi bo‘lib, ro‘zg‘orni obod qilish va bolalar parvarishi bilan band bo‘lardi, umuman olganda, begona odamlarga aralashishni yoqtirmasdi.

Keyin hayotimizga D-MAX quest kirib keldi. U haqda hamkasbim so‘zlab qoldi: ijtimoiy tarmoqda reklamasini ko‘rgan ekan. Oldin ikkilandik. Buning uchun kuchimiz ham, vaqtimiz ham yetmaydigandek ko‘ringandi. Keyin esa, ofisdan chiqmay turib yana ikki ishtirokchini topdik: rafiqam ikkimizga Akmal Ahmedov va Sardor Aslonov qo‘shildi.

Akmal nihoyatda qadrli do‘st va juda oqko‘ngil inson. Odatiy ofis xodimi bo‘lsa-da, har doim sarguzashtlarga intilardi. Bunga doimgidek, vaqt yetishmasligi to‘sqinlik qilardi. U biz bilan kvestni boshidan oxirigacha qanday bosib o‘tgani jumboqligicha qolmoqda. Sardor – “mardonavor do‘st”, har doim har qanday g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga va bitta chaqirishdayoq noma’lumlik tomon otlanishga tayyor. To‘g‘ri, kvestgacha bu haqda bilmas edik, chunki u ham “ish–uy–ish” rejimida yashagandi.

Pikap uchun kelgandik, lekin sovrin eng muhimi emasligini darrov tushundik

Kvestga faqat mashina uchun kelgandik – SamAuto kompaniyasi qudratli Isuzu D-MAX pikapini o‘rtaga qo‘ygandi. Yangi yo‘ltanlamasni yutib olishga nega urinib ko‘rmaylik? Biz har bir bosqichni ichimizda titroq bilan kutardik. Yangi manzillar. Eh-hey! Yangi, bajarib bo‘lmas topshiriqlar. Ha-da! Bir-birimizga nisbatan hech qanday achinish yoki g‘azab bo‘lmasdi, lekin u paytdagi his-tuyg‘ularni ta’riflashga til ojiz. G‘alaba yolqinidan gurillagan olovni his etardik. Hammasi yakun topganda ham qayg‘uning miltillayotgan cho‘g‘i qoldi. Mana shuning uchun biz yana va yana qatnashishga tayyormiz.

Kvestdan keyingi hayot: rafiqam – eng yaxshi do‘st

Kvestdan biz yangicha odamlar bo‘lib qaytdik, endi eslashga arzigulik narsalar bor edi. Xuddi shu nom va tarkibda biz GPS bilan mo‘ljal olish bo‘yicha off-road kvestlarida qatnashdik, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladik. Svetlana jamoalarni shunchalik yoqtirib qoldiki, barcha chiqishlarimiz va to‘planishlarimizda jon deb qatnashadigan bo‘ldi. Men uchun ayolimning butunlay yangi qirralari ochildi. Endi u nafaqat rafiqa, balki har doim va har joyda birgalikda vaqtni qiziqarli o‘tkazadigan eng yaxshi do‘stdir.

Ayolim bilan sayohatlarga shunchalik qiziqib ketdikki, o‘z kuchimizni sinay boshladik. Ikki yil ichida qiziqarli manzillar izlab minglab kilometrlarni yurib qo‘ydik, yaxshiyam, masofadan ishlash sayyoraning istalgan nuqtasida faoliyat olib borish imkonini beradi. Darvoqe, men ishimni ham kvest tufayli o‘zgartirdim, chunki hayotdagi o‘zgarishlardan cho‘chimay qo‘ydim.

Mashinada dastlab Chimkentga, keyin Almatiga safar qildik. O‘zimizga ishonch ortdi va yo‘l-yo‘lakay bir necha yirik shaharlarga tashrif buyurib, Sankt-Peterburgga bordik. Viborg shahrigacha borib, ortga qaytdik. Shundan buyon sayohat biz uchun shaxsiy "afyun"ga aylandi: har dam olish kunlari biz qayergadir sayohat qilamiz. Xotiralar sandig‘i har bir sayohatdan keyin boyib boradi. Endi men bunday qiziqishlar bilan yashash ajoyibligini tushunaman.

Biz ikkinchi kvestda mamnuniyat bilan qatnashdik, lekin vaqt borasida qiyinchiliklar tufayli o‘ta olmadik. Ammo bu bizni to‘xtatmadi va biz manzillarga shunchaki tomoshabin sifatida qatnay boshladik. Alohida bir jamoa uchun emas, tadbirning o‘ziga ishqibozlik qildik. Biz endi oddiy ko‘ngilli hamda D-MAX quest'ning faxriy mehmoni sanalamiz. Buning davom etishi uchun har narsaga tayyormiz. Va endi gap mashinada ham emas.

Ayolim va do‘stlarim hayotda qayta jonlanganimiz uchun D-MAX quest'ga va loyiha homiylariga katta rahmat deyman.

D-MAX QUEST 2023

Bu yil D-MAX yanada kengroq ko‘lamda o‘tkazildi, ro‘yxatdan o‘tishga 2200 kishi ariza topshirdi, saralash bosqichiga har biri 4 kishidan bo‘lgan 209 ta jamoa o‘tdi, kvestning o‘zida 16 ta eng kuchli jamoa qatnashdi. 

Va mana, shu shanbada – 25 noyabrda final o‘yini hamda yangilangan ISUZU D-MAX pikapining taqdimoti o‘tkaziladi. Aynan shu kun qaysi jamoaga yangi pikap kaliti topshirilishi ma’lum bo‘ladi.

Ikkinchi D-MAX quest'ning eng yorqin lahzalarini har juma SamAuto'ning rasmiy Youtube-kanalida tomosha qiling.

Reklama


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing