Xon Saroy jamoasi a’zosi Baxshulla Sayfullayev – jahon chempioni!

Biznes

770x500_1

Xon Saroy jamoasi a’zosi Baxshulla Sayfullayev joriy yilning 6-12 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Vonju shahrida o‘tkazilgan bodibilding va fitness bo‘yicha XIV Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lum qilinishicha bodibilding va fitness bo‘yicha XIV jahon chempionatida 50 dan ortiq davlat va 600 dan ziyod ishtirokchilar qatnashgan. Shu jumladan, sportchimiz Baxshulla Sayfullayev bodibilding ustasi yo‘nalishida 21 raqib orasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Baxshulla Sayfullayevni erishgan yutuqlari bilan muborakbod etgan holda Xon Saroy qurilish kompaniyasi tomonidan 4 xonali xonadon hadya etildi.

Eslatib o‘tamiz, Baxshulla Sayfullayev 1-7 sentyabr kunlari Nepalning Katmandu shahrida o‘tkazilgan 55-Osiyo chempionatida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. Ushbu yutuqlari xam Xon Saroy qurilish kompaniyasi tomonidan munosib taqdirlanib, Tracker-2 avtomobili sovg‘a qilingan edi.

Baxshulla Sayfullayev mamlakatimizda sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Jumladan, Xon Saroy kompaniyasining homiyligi asosida suratga olingan “Irodam kuchli” loyihasi xam ko‘plab yurtdoshlarimizni sport bilan shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishiga turtki beryapti.

Xon Saroy qurilish kompaniyasi o‘z faoliyatini Navoiy viloyatidan boshlagan bo‘lib, hozirgi kunga qadar Toshkent shahrida 6 ta loyihani o‘z egalariga tantanali ravishda topshirib kelmoqda. Bundan tashqari yana 7 ta loyiha ustida ish olib bormoqda. Xon Saroy qurilish kompaniyasi sport va madaniyatni qo‘llab quvvatlash orqali jamiyatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Bizni tarmoqlarda kuzating
Instagram
Sayt

Ma’lumot uchun

☎️ 71 200 74 00
☎️ 55 501 74 00


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing