Mirziyoyev MDH yig‘ilishida bir necha takliflar berdi

Jamiyat

image
Bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘z nutqida Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyev mavjud imkoniyatlarni birgalikda baholash va o‘zaro muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish uchun MDHdek noyob platformani ishga solish muhimligini alohida qayd etdi. U ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi uzoq muddatli kun tartibini ishlab chiqish maqsadida, MDH mamlakatlarining yetakchi tahlil markazlari va ekspertlarining konferensiyasini tashkil etishni taklif qildi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Hamdo‘stlik mamlakatlarida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, tashkilot makonida istisno va cheklovlarsiz to‘laqonli erkin savdo hududini shakllantirish muhimligiga e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan tegishli shartnoma qoidalarini qayta ko‘rib chiqish kerakligi bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 oktyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlarining sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Faxriy ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev MDH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing