Markaziy Osiyodagi eng katta masjid (foto, video)

Bu qiziq

QALAMPIR.UZ 2019 yilda Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti, Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan qurilishi boshlangan, 2022 yil avgust oyida  Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida barpo etib, foydalanishga topshirilgan Markaziy Osiyodagi eng katta masjidda bo‘ldi. 

Masjid 10 gektar maydonda qurilgan bo‘lib, umumiy maydon 68 ming kv.m. dan ortiq. Masjidning sig‘imi 235 ming kishini tashkil etadi. Uning ichidagi ochiq maydonda taxminan 200 ming kishi, aniqroq aytganda minbar va sahna maydonida 30 ming kishi, 170 ming kishi bir paytda namoz o‘qishi mumkin. Bundan tashqari ayollar uchun ham masjidning ikkinchi qavatida alohida namozxona bor. 

Qayd etilishicha, yangi masjid bosh gumbazining diametri 62 metr, balandligi 83 metr. Masjidda to‘rtta minora bo‘lib, ularning balandligi 130 metrga yetadi.

Qibla tomonidagi devorga oltin rang bilan Allohning 99 ismi yozilgan. Qibla devorini qurishda 25 million kristall ishlatilgan.

Masjidning yer osti qavatida 440 o‘rinli ziyofat zali, 405 o‘rinli yopiq avtoturargoh, vestibyul, hojatxona, marosim xizmatlari va qurbonlik qilish joyi hamda boshqa xonalar mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing