Pokiston sobiq bosh vaziri tarafdorlari bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi

Olam

image

Bugun, 15 mart kuni Pokiston politsiyasi va sobiq Bosh vazir Imron Xonning tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilishicha, politsiya Imron Xonni qo‘lga olish uchun sharqiy Lahor shahridagi uyiga kelgan. U yerda esa bir guruh Imron Xon tarafdorlari politsiyaga qarshi chiqqan. Oxirgi 18 soat davomida 70 yoshli muxolifat yetakchisi tarafdorlari zobitlarga qarata tosh va g‘isht otayotgan paytda politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalangan.

Manbaga ko‘ra, Xon yashaydigan Zamon bog‘ining yuqori hududi 14 martdan beri qamalda bo‘lgan. Xonning yuzlab tarafdorlari kutilmagan qat’iyat ko‘rsatganidan so‘ng hukumat vaziyatni hal qilish uchun qo‘shimcha politsiyachilarni yuborishga majbur bo‘lgan.

15 mart kuni ertalab Xon uni hibsdan qutqarish uchun politsiyaning ko‘zni yoshlatuvchi gaz va tayoqlari hujumiga tun bo‘yi qarshi tura olgan o‘z tarafdorlari bilan uchrashishga uyidan chiqqan. U hibsga olish orderi ostida 18 mart kuni Islomobodga borishga tayyorligini aytgan, biroq politsiya bu taklifni qabul qilmagan.

To‘qnashuvlar oqibatida o‘nga yaqin politsiyachi va Xonning 35 ga yaqin tarafdori yaralangani xabar qilingan. 

Ma’lumot uchun, 2022 yil aprel oyida parlamentdagi ishonchsizlik votumi natijasida hokimiyatdan chetlatilgan Xonga bosh vazirlik davrida olgan davlat sovg‘alarini noqonuniy sotish va mol-mulkini yashirish ayblovlari qo‘yilgan. Imron Xon o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar amaldagi Bosh vazirning uni obro‘sizlantirishga qaratilgan rejasining bir qismi ekanini aytgan. Shahboz Sharif esa Xonni hibsga olish sud qarori ekani, bunda hech qanday siyosiy ta’sir yo‘qligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xonning tarafdorlari Pokiston politsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar