Referendum o‘tkazish bo‘yicha qaror ertaga qoldirildi
Jamiyat
−
09 mart 2023 8034 1 daqiqa
Bugun, 9 mart kuni yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilinishi kerak edi. Ammo qaror muhokamasi ertaga, 10 mart kuni soat 10:00 ga qoldirildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev o‘zining Telegram sahifasida yozdi.
“Bugungi majlis muhokama va bahslardan iborat bo‘ldi. Loyihani takomillashtirish bo‘yicha ko‘p takliflar bildirilgani bois qaror qabul qilinmadi”, deydi Tojiyev.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr