Xitoyning Yevropa markazida Belarusi bor – Lukashenko

Olam

image

Ayni paytda Xitoyda bo‘lib turgan Aleksandr Lukashenko Davlat kengashi raisi o‘rinbosari Li Ketsyan bilan uchrashuvda Xitoy bilan birga Belarus ham rivojlanishini aytib o‘tdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

“Biz sizga muvaffaqiyat tilaymiz. Bu bizning pragmatizm. Xitoy kuchli bo‘ladi – u qudratli bo‘lsa, bizning Belarus ham u bilan rivojlanadi”, deya urg‘uladi Belarus yetakchisi.

Lukashenko Xitoyning Yevropa markazida tinch, xotirjam Belarusi borligini ta’kidladi. 

“Keling, xalqlarimizning yaxshi tomonlarini kuchaytiraylik. Siz uchun u yerda [Belarusda] yopiq mavzular yo‘q, yopiq hududlar yo‘q. Bizning do‘stligimiz teng huquqli, keng qamrovli bo‘ladi. Shunday qilib, biz Xitoy xalqi bilan birga harakat qilishga tayyormiz”, dedi Lukashenko.

Shuningdek, u Xitoy va Belarus munosabatlari hamkorlik va o‘zaro g‘alabaga asoslanishini ham qo‘shimcha qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Lukashenko Xitoyda 2 martgacha bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing