Putin qanday kasalga chalingan?
Tahlil
−
14 fevral 2023
19828O‘tgan yilning dekabr oyi boshida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Parkinson kasalligiga chalingani xaqidagi xabarlar tarmoqlarga sizdirildi.
Parkinson kasalligi, titroq falaj – markaziy nerv tizimining surunkali kasallikdir. Ateroskleroz, ensefalit, jismoniy shikastlanish va boshqa hollarda bosh miyaning po‘stloq osti yadrolari zararlanishidan paydo bo‘ladigan klinik sindrom hisoblanadi.
Siyosatshunos Valeriy Soloviyning ta’kidlashicha, Putin bir qator jiddiy xastaliklar, jumladan, saraton va xotira susayishi kabi kasalliklardan aziyat chekadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisining salomatligi keskin yomonlashmoqda.
“The Sun” nashrining elektron pochtasiga yuborilgan maktubda Rossiya razvedkasining insayderi Putinning sog‘ligi yomonlashganini tasdiqlagan.
“Men unga Parkinson kasalligining dastlabki bosqich tashxisi qo‘yilganligini tasdiqlay olaman, biroq kasallik allaqachon rivojlanib bormoqda. Bu haqiqat har tomonlama inkor qilinadi va yashiriladi” deyiladi maktubda.
Shuningdek, Vladimir Putinga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi ham qo‘yilgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, bu kasalliklar nafaqat katta og‘riq keltiradi, balki Putinning yuzini shishiradi va boshqa nojo‘ya ta’sirlarni ham keltirib chiqaradi. Jumladan, xotira zaiflashadi.
“General SVR” Telegram kanali ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti so‘nggi oylarda 8 kg vazn yo‘qotgan.
“Putin, uning qarindoshlari va shifokorlar ham Prezidentni yo‘tal tutishidan tashvishda. Shuningdek, shifokorlar dori-darmonlar va onkologiya uchun maxsus parhez tufayli Putinning doimiy ko‘ngil aynishi va ishtahaning yo‘qolishidan xavotirga tushmoqda. So‘nggi bir necha oy ichida Putin 8 kilogramm vazn yo‘qotgan. Prezidentning atrofidagilar davom etayotgan doimiy yo‘tal siyosiy elita tomonidan yetakchining sog‘lig‘i tez yomonlashganining belgisi sifatida qabul qilinishidan xavotirda”, deyiladi kanal xabarida.
G‘arb Ommaviy axborot vositalari Vladimir Putin va Rossiyadagi amaldorlarning sog‘lig‘i yomonlashgani borasida yozib turadi. Biroq Rossiya tomoni bu xabarlarning yolg‘onligini aytib keladi. Misol uchun, joriy yilning noyabr oyi o‘rtalarida G‘arb matbuoti Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Indoneziyadagi shifoxonalardan biriga yotqizilgani haqida yozdi. Biroq bu xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov urush Rossiya Prezidenti Vladimir Putin vafot etishidan oldin tugashini taxmin qildi. U bu haqda “ABC News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uzoq vaqtdan beri saraton kasaliga chalingan.
"Biz buni Rossiya Federatsiyasi diktatoriga yaqin manbalardan bilganmiz", deydi u.
Uning qayd etishicha, urush Putinning o‘limidan oldin tugashiga amin.
Jurnalistning Putin qachon vafot etishi mumkinligi haqidagi savoliga Budanov:
"Umid qilamanki, juda tez orada”, deya javob bergan.
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov urush Rossiya Prezidenti Vladimir Putin vafot etishidan oldin tugashini taxmin qildi. U bu haqda “ABC News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uzoq vaqtdan beri saraton kasaliga chalingan.
"Biz buni Rossiya Federatsiyasi diktatoriga yaqin manbalardan bilganmiz", deydi u.
Uning qayd etishicha, urush Putinning o‘limidan oldin tugashiga amin.
Jurnalistning Putin qachon vafot etishi mumkinligi haqidagi savoliga Budanov:
"Umid qilamanki, juda tez orada”, deya javob bergan.
Rossiyalik siyosatshunos Olga Kurnosova Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka Bosh boshqarmasining Putin og‘ir kasal bo‘lgani va hatto tez orada vafot etishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlariga izoh berdi. U Kreml bunday ma’lumotni tasdiqlamasligini ta’kidladi, ammo davlat rahbari salomatligidagi muammolarni ko‘rsatadigan qiziq faktlar mavjud.
“Aslida, bu borada rasmiy munosabat bo‘lishi mumkin emas, biroq Peskov bundan mustasno (Kreml matbuot kotibi). U bu bema’nilikning haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytishda davom etmoqda. Kremlda Putinning Rojdestvo marosimida ishtirok etishi haqidagi tarqatilgan kadrlarga qarash kerak”, deydi Kurnosova.
Siyosatshunosga ko‘ra, hozir Putin bilan aynan nima bo‘layotganiga baho berish qiyin. Biroq Kurnosova Prezident qanday davolanishi bo‘yicha ma’lumotlarga egaligini ta’kidladi.
“Menimcha, Putin haqiqatan ham o‘zini yaxshi his qilmayapti. Lekin haqiqat shundaki, uni juda yaxshi davolashmoqda. Isroillik do‘stlarim menga aytganidek, Netanyaxuning Isroil Bosh vaziri sifatida hokimiyatga qaytishi Putinning Isroil tibbiyoti bilan munosabatlarini tikladi. Netanyaxu ketganida bu aloqalar uzilib qolgan edi. Uning genetik kodi, DNKsi hisobga olgan holda maxsus dori-darmonlar beriladi, bular juda qimmat hisoblanib, ularni faqat Isroilda tayyorlash mumkin. Putin yana mazkur muolajadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi”, dedi Kurnosova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin vafotidan keyin Rossiya tranzitning og‘ir davriga duch keladi. Rossiya elitasi bu borada oldindan kelishib olmagan.
“Shuning uchun biz Putinning o‘limi haqida tezda bilib olamiz, ular buni yashira olmaydi”, deydi u.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyada kim bilan muzokara olib borishni tushunmasligini va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tirik ekanligiga amin emasligini aytdi. U bu haqda Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tgan “Ukraina nonushtasi”da videoaloqa orqali gapirdi.
“Bugun men kim bilan va nima haqida gaplashishni aniq bilmayman. Xromakey (yashil fon)da vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan Rossiya Prezidenti ekaniga ishonchim komil emas. U o‘zi tirikmi, qaror qabul qilyaptimi yoki kimlar qaror qabul qilyapti? Qanday shaxslar? Bu bo‘yicha menda aniq ma’lumot yo‘q”, deya ta’kidlagan Zelenskiy videomurojaatda.
U Rossiya bilan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “tinchlik muzokaralari”ni aslida kim bilan olib borishi mumkinligini tushunmasligini aytib o‘tgan.
“Qanday qilib Yevropa rahbarlariga bitta narsani va’da qilish va ertasi kuni keng ko‘lamli bosqinni boshlash mumkinligini tushunmayapman. Men kim bilan muomala qilayotganimizni aniq bilmayman. “Tinchlik muzokaralari”ni men kim bilan o‘tkazishni tushunmayapman. Menimcha, Rossiya avval “kimnidir” topib, keyin “nimanidir” taklif qilishi kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Prezident.
Rossiya bilan muzokaralar haqidagi savolga javob berar ekan, Zelenskiy prezidentligi davrida Ukraina tomoni o‘z yerlarini diplomatiya orqali ozod qilish uchun hamma narsani qilganini va doimiy ravishda muzokaralar olib borishni taklif etganini ta’kidlagan.
“Ammo kimdir istamadi, keyin kimningdir vaqti yo‘q edi, kimdir ishonmadi va kimdir shart qo‘ydi”, dedi Ukraina rahbari.
Kreml Zelenskiyning so‘zlariga izoh berib, Rossiya va Putin Ukraina va uning rahbari uchun katta muammo ekanini aytgan.
“Psixologik tomondan qarasak, Zelenskiy Rossiya ham, Putin ham yo‘q bo‘lishini afzal ko‘rardi. Ammo u Rossiya ham, Putin ham ertami-kechmi Rossiyaga qarshi hamma narsadan voz kechishga majbur bo‘lishini qanchalik tez bilsa, Ukraina kabi mamlakat uchun shuncha yaxshi bo‘ladi”, degan prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr