Oshkentga aylangan Toshkent. Olmazorda ish qanday tashkil qilingan (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, Toshkentda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida 12 dan 16 yanvarga qadar poytaxt hokimligi aholiga bepul osh tarqatishni yo‘lga qo‘ydi. Palov shahardagi to‘yxonalarda tarqatilmoqda. 

Shahar hokimligiga ko‘ra, bepul osh uchun muhtoj aholi qatlami, kam ta’minlangan oilalar, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari borishi mumkin.

Bugun, 13 yanvar kuni soat 9:00 dan 19:00 ga qadar poytaxtning 40 dan ortiq to‘yxonalarida osh tarqatiladi. QALAMPIR.UZ ob’ektivi Olmazor tumanida tayyorlangan bepul oshni tasvirlarga muhrlab qaytdi. 

Xayrli ish uchun tumandagi birgina to‘yxonada 2 ta qozonda 100 kilogramm miqdorida osh tayyorlanganiga guvoh bo‘ldik. Taomga qo‘shib tarqatish uchun 1000 dan ortiq non va shuncha idishda tuzlamalar ham hozirlab qo‘yilgan. Hokimiyat vakillari, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar xodimlari yordamida tarqatilgan osh to‘yxonadan tashqari, 64 ta mahalladagi kam ta’minlangan oilalarga ham yetkazildi. 

Birgina to‘yxonaning o‘ziga 700 nafarga yaqin aholi keldi. Ular orasida o‘z farzandlarini birma-bir navbatga qo‘yib, nazoratchilarga sezdirmay har biri uchun 4 kishilik osh olgan ayrim ota-onalar ham uchradi. 

Ta’kidlash joiz, bu kabi bepul oshlar poytaxtdagi to‘yxonalarda 16 yanvarga qadar tarqatiladi.

Hokimlikdan ma’lum qilishlaricha, osh nafaqat katta to‘yxonalarda, balki mahallalarda ham kichik qozonlarda damlanib, o‘sha mahalla hududida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga ham yetkazib berilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing