Rahmatulloh Termiziy bosh imom-xatiblikdan nega ketdi?
Intervyu
−
06 yanvar 2023
51660Xabaringiz bor, Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimida ishlab kelayotgan Rahmatulloh domla Sayfuddinov joriy yilning 4 yanvar kuni lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston musulmonlar idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, Sayfuddinov lavozimidan o‘z arizasiga ko‘ra ozod etilgan.
Uning o‘rnini “Abu Saxiy” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov egalladi.
Rahmatulloh domla 1995-1997 yillarda talabalik davrida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi “Oq tunikali” jome masjidida imom-xatiblik qilgan.
2001-2003 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida dars bergan. 2003 yilda Eronda o‘tkazilgan XIX Xalqaro Qur’on musobaqasida ishtirok etgan.
Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor”, “Minor” jome masjidlarida imom-xatib, Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va Yunusobod tumani "Mirza Yusuf" masjidi imom-xatibi lavozimlarida ishlagan.
U Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimida 1 yilu 2 oy faoliyat yuritdi. Biroq, u lavozimidan ayrilishidan avval ijtimoiy tarmoqlarda kun tartibiga chiqdi. Bunga uning “Sevimli” telekanalida namoyish etilgan “Zirapcha” loyihasidagi ishtiroki sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqning ko‘plab foydalanuvchilari Sayfuddinovning “Zirapcha”dagi ishtirokini, ayollar davrasiga kirib borganini qoraladi.
Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yana bir video katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bu Sayfuddinovning qo‘linii shogirdlaridan biri o‘payotgani aks etgan lavhaning tarqalishi bilan bog‘liq. Rahmatulloh domla Sayfuddinovning aytishicha, bu video bundan bir yil avval tasvirga olingan va ayni kunlarda tarqatilishi ortida esa boshqa sabablar bordek.
Xo‘sh, Rahmatulloh domla Sayfuddinov nega lavozimdan ketdi? Uning salomatligida qanday muammo bor? Ketishi “Zirapcha”dagi ishtiroki va unga nisbatan e’tirozlarga bog‘liqmi? QALAMPIR.UZ Germaniyaga yo‘lga chiqqan va Dubayda to‘xtagan Rahmatulloh domla Sayfuddinovga aloqaga chiqib, masofadan bo‘lsa ham yuqoridagi savollarga javob oldi.
Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023