Norboyeva “profilaktika suhbati” niqobi bilan odamlar ushlab turilishiga qarshi chiqdi

Jamiyat

image

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun “profilaktika suhbati” normasi belgilanmoqda. Biroq, ushbu suhbat qanday, qachon, qancha vaft o‘tkazilishi aniq ko‘rsatilmagan. Bu esa odamlarni besamar ushlab turishga olib keladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Senatning 36-yalpi majlisida aytib o‘tdi. 

Mazkur Qonun Ichki ishlar vazirligi tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarish, mazkur jabhadagi munosabatlarni to‘liq tartibga solishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgani aytilgan. 

Qonun 8 ta bob va 88 ta moddadan iborat. Qonun senatorlar tomonidan rad etildi va buning sabablari keltirildi. Norboyevaga ko‘ra, undagi kamchiliklarga ko‘z yumib bo‘lmaydi. 

“Qonunda huquqbuzarliklar “profilaktika suhbati” degan tushuncha belgilanayotgani yaxshi, lekin vaqt nuqtayi nazaridan bu suhbat qancha davom etishi bo‘yicha savollarga aniq javob yo‘q. Profilaktik suhbat o‘tkazyapmiz deb odamlarni besamar ushlab turish yoki vaqtini olish, bunday narsalar kerakmas”, deydi Norboyeva.

Senat raisi bu borada ko‘plab davlatlarning qonunchilik tajribasi o‘rganilgani, ularda profilaktik suhbatlar o‘tkazish vaqti aniq ko‘rsatib qo‘yilganini aytdi. 

“Shu kabi ayrim normalardagi kamchiliklarga, albatta, ko‘z yumib bo‘lmaydi. Qonunning bu ko‘rinishda qabul qilinishi ertaga yanada jiddiyroq muammolarga va bir-ikki yil o‘tgandan keyin yana qonunga o‘zgartish kiritamiz degan masalani qo‘yishimizga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yetti o‘lchab, bir kesish kerak”, deydi u. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing