Britaniya Rossiyaning aybloviga javob qildi

Olam

image

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlarini portlatishda ishtirok etmaganini e’lon qildi va Moskvaning bugun, 29 oktyabr kuni shunday ayblov nazarda tutigan bayonotini “uydirma” deb atadi. Vazirlik munosabatida Twitter’da e’lon qilindi.

Britaniya harbiy departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, “Rossiya Mudofaa vazirligi haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan miqyosdagi yolg‘on ayblovlarni tarqatishga moyil”.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi quvurlarni portlatishda Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuchlari mutaxassislari ishtirok etganini iddao qilgandi. Vazirlikka ko‘ra, 26 sentyabr kuni Boltiq dengizida gaz quvurida yuz bergan portlashni rejalashtirish, ta’minlash va amalga oshirishda ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 sentyabr kuni bir necha soat ichida “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2”ga quvurida to‘rtta gaz sizish nuqtasi aniqlandi. Ulardan birinchisi Daniyaning Bornxolm oroli yaqinidagi “Shimoliy oqim-2”da aniqlangan. Keyin “Shimoliy oqim”da ikkita sizish qayd etildi. Daniya energetika agentligi dengizga katta miqdorda gaz tushgani haqida xabar berdi. So‘nggi to‘rtinchi sizish nuqtasi Shvetsiya hududida topildi. Samolyotlar va kemalarning hodisa sodir bo‘lgan joyga besh dengiz milidan yaqinroq kelishi taqiqlandi.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari “Shimoliy oqim”ga ataylab zarar yetkazilganini aytmoqda. Shvetsiya va Daniyadagi seysmologik stansiyalar gaz sizib chiqqan hududda suv osti portlashlarini qayd etgan.

Hodisalarni Germaniya, Daniya va Shvetsiya tekshirmoqda. Nemis maxfiy xizmatlari bu g‘avvos yoki suv osti kemasidan foydalangan holda sabotaj bo‘lgan deb gumon qilmoqda. Ularning fikricha, gaz quvurlari tezda ta’mirlanmasa, ular abadiy yaroqsiz holga kelishi mumkin.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa “Shimoliy oqim”lardagi nosozlikni “angl-sakslar” qasddan uyushtirganini aytib chiqdi. Ammo angl-sakslar deganda kimni nazarda tutayotganini aniq aytmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing