Rossiyada vaziyat jiddiy

Jamiyat

19 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida joriy yilning 30 sentyabr kuni anneksiya qilish yo‘li bilan mamlakatga qo‘shib olingan Ukrainaning to‘rtta hududi, (O‘zbekiston DXR va LXRni tan olmagan – tahr.), Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hamda bosib olingan Zaporoje va Xerson viloyatlarida harbiy holat joriy qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

"Men Rossiya Federatsiyasining ushbu to‘rtta sub’ektida harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladim. U zudlik bilan Federatsiya Kengashiga tasdiqlash uchun yuboriladi va qaror haqida Davlat Dumasiga xabar qilinadi”, deydi Putin, 19 oktyabr kuni videokonferensiya orqali o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

Qonunga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasiga harbiy holat joriy etilgani haqida darhol xabar berishi kerak.

"Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 87-moddasi 2-qismiga va 2002 yil 30 yanvardagi 1-sonli “Harbiy holat to‘g‘risida”gi Federal Konstitutsiyaviy qonunining 3 va 4-moddalariga muvofiq Qurolli Kuchlar Rossiya Federatsiyasining hududiy yaxlitligiga qarshi qo‘llanilishini hisobga olib, qaror qilaman: 2022 yil oktyabrdan boshlab Donetsk xalq respublikasi, Lugansk xalq respublikasi, Zaporoje va Xerson viloyatlari hududlarida harbiy holat joriy etiladi”, deyiladi farmon matnida.

Hukumatga Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati, Rossiya gvardiyasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Maxsus dasturlar bo‘yicha Bosh boshqarmasining takliflariga muvofiq uch kun muddatda harbiy holat joriy etilgan hududlarda chora-tadbirlari ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritish vazifasi yuklatildi.

Federatsiya Kengashi oradan bir necha soat o‘tib, kutilganidek Putinning Donetsk, Lugansk xalq respublikalari, Zaporoje va Xerson viloyatlarida harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini ma’qulladi.

Federatsiya Kengashining Konstitutsiyaviy qonunchilik va davlat qurilishi qo‘mitasi raisi Andrey Klishas farmon Konstitutsiya va “Harbiy holat to‘g‘risida”gi federal qonun talablariga mos kelishini ta’kidladi.

“Ishonchim komilki, Donetsk, Lugansk respublikalari, Zaporoje va Xerson viloyatlaridagi harbiy holat bizning asosiy maqsadimizga – bu hududlarni tinch hayotga qaytarish, odamlar imkon qadar tezroq o‘z uylariga qaytishlari uchun tezroq harakat qilishimizga imkon beradi”, deydi Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko.

Qonunchilikka ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududida yoki uning alohida hududlarida harbiy holat Prezident farmoni bilan joriy etiladi. Tegishli qaror Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Shuningdek, Prezident farmoni bilan uni joriy etish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilgandan keyin bekor qilinadi. 

Bu orada Kreml matbuot xizmati Rossiya Prezidentning tegishli farmoni bilan Ukraina bilan chegaradosh hududlar va Rossiyaning yangi hududlarida “o‘rta darajadagi javob choralari”ni joriy etish bo‘yicha topshiriq berilganini ma’lum qildi.

Endilikda Ukraina bilan chegaradosh viloyatlar va Rossiya Federatsiyasining yangi hududlari rahbarlari aholini vaqtincha ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin.

O‘rtacha javob darajasi Qrim, Krasnodar o‘lkasi, Belgorod, Bryansk, Voronej, Kursk, Rostov viloyatlari va Sevastopolga tegishli. Bu mintaqalar rahbarlariga “iqtisodiy sohada, Rossiya Federatsiyasining ushbu ta’sis sub’ektlarining ijro etuvchi hokimiyatlarida va mahalliy hokimiyatlarda safarbarlik tadbirlarini, hududiy mudofaa bo‘yicha individual chora-tadbirlarni, fuqarolik mudofaasi choralarini, fuqarolarni himoya qilish bo‘yicha choralarni ko‘rish, tabiiy va texnogen xarakterdagi vaziyatlarda aholi va hududlar, shuningdek Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari, boshqa qo‘shinlar, harbiy tuzilmalar, organlar va aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vakolatini beradi.

Putinning farmonida Rossiyaning ushbu sakkiz viloyati rahbarlari ko‘rishi kerak bo‘lgan boshqa choralar ham sanab o‘tilgan. Jumladan, “jamoat tartibini muhofaza qilishni kuchaytirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash, harbiy, muhim davlat va maxsus ob’ektlarni, aholining hayotiy faoliyatini ta’minlovchi ob’ektlarni, transport, aloqa va kommunikatsiyalar, energetika ob’ektlarining faoliyatini, shuningdek, odamlarning hayoti va sog‘lig‘i hamda tabiiy muhit uchun ortib borayotgan xavf tug‘diradigan ob’ektlar muhofazasini kuchaytirish”; “transport, aloqa va kommunikatsiyalar, energetika ob’ektlari, shuningdek, inson hayoti va sog‘lig‘i hamda atrof-muhitga xavf tug‘diradigan ob’ektlarning ishlashini ta’minlovchi maxsus ish rejimini joriy etish” belgilandi.

Janubiy va Markaziy tumanlarning qolgan hududlarida mahalliy rahbarlar tomonidan hududiy mudofaa va fuqarolik mudofaasi bo‘yicha ayrim chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatlarini beradigan “yuqori shaylik darajasi” joriy etildi.

Rossiyaning boshqa hududlari uchun Putin "asosiy tayyorgarlik darajasi"ni o‘rnatdi. Bu Federatsiya sub’ektlarining rahbarlariga “aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha qarorlar qabul qilish, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari, boshqa qo‘shinlar, harbiy tuzilmalar, organlar va aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vakolatlarini beradi.

Putinning harbiy holat va chegara hududlarga oid farmonlari ortidan “Moskvada komendantlik soati joriy etiladi”, degan uzun quloq gaplar ham tarqalib ulgurdi. Bularga Federatsiya kengashi vitse-spikeri Yuriy Vorobev aniqlik kiritarkan. Moskvada komendantlik soati joriy etilmasligi, mamlakatning boshqa hududlarida qo‘shimcha cheklovlar faqat Prezident farmoniga muvofiq joriy etilishni malum qilgan.

“Agar [qo‘shimcha] cheklovlar va talablar bo‘lsa, bu faqat Prezident qarori va gubernatorlar boshchiligidagi tezkor shtabga berilgan vakolatlarga muvofiq bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi u. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

517

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing