O‘zbekiston AQSH va Rossiya orasida xavfli o‘yinga kiryapti…mi?

Intervyu

Kecha, 26 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev murojaat yo‘llab, “Afg‘onistonning hozirgi hukumatini terrorizmning har qanday shakli va ko‘rinishlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish, barcha xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzish uchun o‘zining qat’iy irodasini namoyon etib, keskin choralar ko‘rishga” chaqirgan edi. 

Konferensiyada ishtirok etgan Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari – muvaqqat hukumat Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy esa Prezidentning chaqirig‘iga hozirjavoblik qilib, “Biz xalqaro hamjamiyatga berilgan barcha va’dalarni bajarish uchun hamma narsani qildik, ISHIDni yo‘q qildik, Afg‘onistonni birlashtirdik, endi u yagona davlat”, dedi. 

Xo‘sh, bugungi Afg‘oniston haqiqatan ham xalqaro hamjamiyat qo‘ygan talablarni bajardimi? U bugun mintaqa va dunyoga xavf tug‘dirmayaptimi? Mamlakatdan rostan ham terrorchilik tahdidi yo‘qmi? Hukumat uchun kurashgan boshqa guruhlar qayerda? Ular nega jim? Bugun ularning sukutda o‘tirgani ma’lum maqsadlarga erishib olishgacha bo‘lgan niqob emasmi? 

Albatta, mavzu Afg‘oniston bo‘lganda bunday savollarning oxiri ko‘rinmaydi. Boshqa tarafdan bu o‘tgan 40 yildan ortiq vaqt mobaynida Afg‘onistonning dunyo xotirasida qolgan umumiy qiyofasi, quloqlardan ketmagan o‘q ovozlari bilan bog‘liqdek. 

O‘zbekistonning bugungi Afg‘oniston borasidagi pozitsiyasi qanday? Mamlakat hali “Tolibon” o‘rnatgan hukumatni tan olganicha yo‘q, ammo hamkorlik faol ketmoqda. Xo‘sh, nega? Biz qaysi yo‘ldamiz?

O‘zbekiston Afg‘oniston masalasiga bosh qo‘shish ortidan Rossiya va AQSH o‘rtasidagi yirik o‘yinga, katta kuchlar o‘yiniga kirmayaptimi? Bu yanada tahlikali emasmi? 

Bir tomondan Afg‘oniston AQSHdan muzlatilgan 7 milliard dollar mablag‘larini blokdan chiqarishni talab qilyapti. Rossiya bu borada “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlamoqda va hatto, Afg‘oniston bilan savdo-sotiq qilishga tayyor. Afg‘oniston shartlarning bajarilish yo bajarilmasligiga ko‘ra, ikki katta kuch o‘rtasida qurol bo‘lib qolmaydimi? 

Ushbu savollar bilan biz Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, siyosatshunos Sayfiddin Jo‘rayevga yuzlandik. 

Siyosatshunos olim Sayfiddin Jo‘rayev bilan intervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

781

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing