2023/2024 o‘quv yilidan kvotalar faqat davlat granti uchun belgilanadi
Jamiyat
−
16 iyun 2022
168232023/2024 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Hujjatga ko‘ra 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida:
• o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari Prezident farmoyishiga ko‘ra tasdiqlanadi;
• bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari umumiy kvotasi 121 395 nafar etib belgilandi.
LiveBarchasi