U-23 Osiyo kubogi: Iroq bilan qiyin o‘yin o‘tkazgan O‘zbekiston yarim finalga chiqdi
Sport
−
12 iyun 2022
15664Bugun, 11 iyun kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida 23 yoshgacha bo‘lgan toifada o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati chorak final boshqichi doirasida O‘zbekiston Iroq bilan bahs olib bordi.
Bahsning boshlanishi O‘zbekiston yoshlari uchun unchalik omadli kelmadi. 12-daqiqada darvozabon Abduvohid Ne’matovga qizil kartochka ko‘rsatildi va o‘zbekistonliklar darvosazi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Ushbu imkoniyatdan Ramazon Juma unumli foydalanib, Iroqlik yoshlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bir kishi kam bo‘lib qolgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi o‘z omadini hujumda sinashga majbur bo‘ldi. Ushbu harakatlar 45+5-daqiqada o‘z samarasini berdi. Jasurbek Jaloliddinov penaltidan hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘lim esa birinchisidan-da qiziqarli kechdi. Dastlab, 50-daqiqada Ammar Alsavad avtogol kiritib, o‘zbekistonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 68-daqiqada G‘olib Falih muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda ikki tomonning urinishlariga qaramasdan, 2:2 natijasi saqlanib qoldi va uchrashuv hakami qo‘shimcha bo‘limlarni belgiladi.
Qo‘shimcha taymlarda bir kishi kam bo‘lsa-da, o‘zbekistonlik yoshlar raqibdan bir bosh yuqori o‘yin ko‘rsatdi. Biroq bahs taqdirini penaltilar seriyasida hal qilindi. Penaltilar seriayasida O‘zbekiston U-23 3:2 hisobida g‘alaba qozonib yarim finalga yo‘l oldi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr