Sobiq vazir Mirzamahmudov qamaldimi? (video)
Jamiyat
−
31 iyul 10399 2 daqiqa
Sobiq Energetika vaziri 47 yashar Jo‘rabek Mirzamahmudov hibsga olindimi? Energetika vazirligi atrofidagi so‘nggi shov-shuvli iste’folar atrofida tarqalgan ushbu savol bilan bugun rasmiylarga murojaat qilish imkoni tug‘ildi. Bugun, 31 iyul kuni Toshkent shahar sudlarida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida QALAMPIR.UZ jurnalisti tashkilot matbuot kotibi Tursunali Akbarovdan ushbu masalada izoh so‘radi.
“Sud bu vaziyatga izoh bera olmaydi. Men ham izoh bera olmayman. Chunki, birinchidan, ma’lumotim yo‘q. Ma’lumotni olib bersangiz bo‘ladi-ku, deyishingiz mumkin. Lekin gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash (sanksiya berish) masalasi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun xohlasak ham, bunday ma’lumotni biz oshkor qila olmaymiz”, deydi Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi.
-Recovered-Recovered-Recovered-Revered-Recovered.jpg)
Shuningdek, u hozirda ish sud muhokamasida emasligini bildirib, gumonlanuvchining qo‘lga olingani yoki unga nisbatan qaysi ehtiyot chorasi qo‘llangani bo‘yicha ma’lumotlar berish faqat tergov organining vakolatiga kirishini bildirdi.
“Bu haqda ma’lumot berish bizdan ko‘ra tergov organi vakolatidagi masala. Agar ish sudga chiqqan bo‘lganida edi, ma’lumot berishimiz mumkin edi. Mana shu jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, agar rostdan ham, tergov harakatlari ketayotgan bo‘lsa, bular hammasi tergov organi vakolatidagi ishlar bo‘ladi”, deydi Tursunali Akbarov
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyul kuni 2022 yildan buyon Energetika vaziri lavozimini egallab kelayotgan Jo‘rabek Mirzamahmudov lavozimidan ozod etildi. Vazir lavozimini Sherzod Xikmatullayevich Xo‘jayev egalladi. Shu kunning o‘zida Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish o‘tkazib, Mirzamahmudov iste’fosi haqida shunday dedi:
“Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag‘da emas, chunki qancha kerak bo‘lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida!”
Live
Barchasi