Sinfni ringga aylantirgan ustoz yoxud kaltaklangan o‘quvchi tildan qoldi

Intervyu

Avvalroq, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabda 9-sinf o‘quvchilari hamda informatika fani o‘qituvchisi janjallashib ketgani haqida xabar berilgandi. QALAMPIR.UZ muxbiri voqea joyiga chiqib tafsilotlar bilan tanishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 19 may kuni 24 yoshli o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchilariga informatika fanidan dars berish maqsadida sinfxonaga kirgan. Biroq, darslik muddatidan oldin tugatilgani bois bolalar erkin holda bo‘lgan. Shu bois ikki o‘quvchi darsxonada o‘zaro suv sepib o‘ynagan. O‘qituvchi bundan g‘azablanib ikkala o‘quvchini ham shapaloqlagan va o‘zini tutib turolmay ayovsiz kaltaklashni davom ettirgan.

Ikkinchi o‘quvchi ularni ajratmoqchi bo‘lganida, o‘qituvchi uni ham tepib urib ketgan. Oqibatda bola voqea joyida hushini yo‘qotgan. Shundan so‘ng, boshqa o‘qituvchilar kelib ularni ajratgan va “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. Voqea joyiga mas’ul xodimlar tezda yetib kelgan va zo‘ravon o‘qituvchini IIB binosiga olib ketgan. Ikki o‘quvchi ikkita shifoxonaga tez yordamda olib ketilgan.

Birinchi kaltaklangan bolaning ahvoli hozirda barqaror. Uning chap qovog‘i va labi yirtilgan. Ikkinchi o‘quvchining esa holati yomonligi aytilmoqda. Bola hozirda tildan qolgan va qattiq shok holatida. Onasining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li qachon tilga kirib tuzalib ketishi noma’lum.

Hozirda mazkur holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanishish uchun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali ushbu videoni tomosha qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Mirzo Ulug'bek tumani O'qituvchi kaltakladi tildan qolgan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing