Men ta’tilni rejalashtiraman – Zaxarova G‘arb OAVlaridan Rossiyaning “bosqinlari” jadvalini e’lon qilishni so‘radi
Olam
−
16 fevral 2022
7401Rossiyaning Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSH va Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalariga Kremlning Ukrainaga bosqinlari jadvalini chop etishni taklif qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida yozib qoldirgan.
“AQSH va Buyuk Britaniyaning “Bloomberg”, “The New York Times”, “The Sun” va boshqa dezinformatsion OAVlariga so‘rov - joriy yildagi bosqinlarimiz jadvalini e’lon qiling. Men esa ta’tilni rejalashtirgan bo‘lardim”, deb yozgan Zaxarova.
Qayd etish kerakki, AQSH va G‘arb davlatlari so‘nggi oylarda Rossiyani Ukrainag bosqin tayyorlashda ayblab kelayotgandi. G‘arb OAVda esa hattoki hujum qilish rejalari, shuningdek sanasini ham e’lon qilgandi. Bundan tashqari, AQSH Prezidenti Bayden shaxsan o‘zi Moskva 16 fevral kuni hujum boshlashini aytgandi.
O‘z navbatida, Moskva Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ayblovlarni rad etib, chegaraga qo‘shin joylashtirilishi faqatgina harbiy mashg‘ulot uchun ekanini ta’kidayotgandi. Kreml joriy yilning 20 fevraligacha mashg‘ulot o‘tkazishni belgilagandi. Hozirda o‘z xizmat vazifasini o‘tab bo‘lgan harbiylarni chegaradan o‘z joyiga qaytarish boshlandi.
LiveBarchasi