Islom Karimovning nabirasi eri bilan ajrashdi

Jamiyat

image

Lola Karimova-Tillyayevaning qizi Maryam Tillyayeva turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarov bilan ajrashdi. Bu haqda Amiran ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi. 

“Masha va men ajrashdik, afsuski, shunday bo‘lib turadi. Sen aqlli, serg‘ayrat va yorqinsan. Chin dildan xuddi shunday qolishingni tilayman! Hech qachon xafa bo‘lma va har doim xushchaqchaq bo‘l. Ishonchim komilki, eng yaxshisi hali oldinda. Sen, albatta, baxtingni topasan. Hammasi uchun rahmat”, deb yozgan Amiran Sardarov. 

Maryam Tillyayeva rossiyalik bloger Amiran Sardarov bilan 2021 yilning aprel oyida turmush qurdi. Shu yilning avgust oyida esa ijtimoiy tarmoqlarda Maryam Tillyayevaning yalang‘och holatdagi surati tarqaldi. Keyinroq ushbu surat uning turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarovning Instagram’dagi sahifasidan ko‘chirib olingani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarni keltirib chiqardi. Ko‘pchilik Maryamni bobosi Islom Karimovning xotirasiga hurmatsizlikda aybladi. 

Oradan ko‘p o‘tmay, Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali bayonot bilan chiqib, bu qizining shaxsiy hayoti ekani va uni Birinchi Prezident Islom Karimov bilan bog‘lash noo‘rinligi haqida gapirdi

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev qizi Maryam bilan aloqalarni uzgan. Bu haqda  Amiran Sardarov o‘tgan yilning dekabr oyida bergan intervyusida so‘z ochgan. 

Amiranning aytishicha, u Maryamning hayotida paydo bo‘lgach, qizning ota-onasi u bilan aloqalarni uzgan. Ular Amiranni oilaga mos kuyov sifatida qabul qilmagan. 

Sardarov intervyularda ko‘p bora “oila qurib yashash men uchun emas”, deb ta’kidlab kelgan. Ammo u dekabrdagi intervyusida rafiqasi Maryam bilan baxtli ekani va hatto ba’zilar ularning baxtiga hasad qilishini aytgan. Unga ko‘ra, ushbu baxtga erishish uchun juftlik katta yo‘qotishlar qilishiga to‘g‘ri kelgan.
Maryamning ota-onasi qizi o‘ziga mos juftni tanlashiga umid qilishgan, ammo uning bir blogerga turmushga chiqish haqidagi qarori hamma uchun kutilmagan hodisa bo‘lgan.
Amiran o‘zi va rafiqasi Maryamning ota-onasi bilan til topishishda muammoga uchrayotganini tan olgan.

“Men avvalgidek shaxsiy hayotim haqida ochiq gapirishni xohlardim, lekin shuni ochiqchasiga ayta olamanki, Masha ikkimiz uning ota-onasi bilan yaxshi munosabatda emasmiz. Uning hayotida men paydo bo‘lishim bilananoq, ular qizi bilan gaplashmay qo‘yishgan. Men hozircha faqat shularni ayta olaman, xolos”, degan dekabrdagi intervyusida Amiran Sardarov. 

Juftlikning ajrashgani haqidagi xabar faqatgina Amiranning sahifasidan joy oldi. Maryam Tillyayeva bu haqda miq etmagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u ayni vaqtda Moskvada qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3021

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing