Toshkentda  oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 14 yanvar kuni soat 09:02 da Toshkent shahar Olmazor tumanida oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qora-Qamish-3 dahasidagi oziq-ovqat do‘koni yonayotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:06 da yetib borib, soat 09:24 da yong‘in o‘chirilgan.  

Yong‘in oqibatida do‘konning taxminan 80 kvadrat metr maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing