Oddiylik va hashamat. AQSH Prezidentlarining Oval kabineti 112 yilda qanday o‘zgardi? (fotofakt)

Olam

image

Oq uydagi Oval kabinet 1909 yil oktyabr oyida Uilyam Govard Taft Prezident lavozimini egallaganidan beri AQSH davlat rahbarlarining asosiy ish joyi hisoblanadi. Har bir yangi tayinlangan rahbarning hoxishiga ko‘ra bu xona o‘z ko‘rinishini o‘zgartiradi.

Xonani bezatish Prezidentning qadriyatlari va uning ma’muriyati maqsadini ifodalash uchun juda muhim. Oval ofisni qayta ta’mirlash - bu shunchaki Prezidentning didini ifodalamaydi. Aynan shu yerda Prezident xalqaro miqyosdagi nufuzli shaxslar bilan uchrashadi va odamlarga muhim xabarlarni OAVga yetkazadi. Yangi Prezident Oval kabinet sobiq rahbarni eslatmasligi uchun ham unga o‘zgartirish kiritadi.

Bu zaldan faqatgina shahar aholisi uchun tomosha uyushtirishda foydalanilmaydi, u dunyodagi eng kuchli xona bo‘lib, kundalik ish va xodimlar uchrashuvlari uchun ham ishlatiladi. Qo‘shma Shtatlarning 27-prezidenti Uilyam Govard Taft 1909 yilda birinchi marta Oval ofisga o‘tganidan beri bu xona yigirmata AQSH Prezidentiga ish kabineti bo‘lgan. Amaldagi Prezident Jo Bayden Oval kabinetning yigirmanchi sohibi hisoblanadi.

Amerikaning turar-joy binolariga ishonchli xizmat ko‘rsatuvchi “American Home Shield” kompaniyasi yillar davomida Oval ofic qay tarzda o‘zgarganini o‘rganib chiqdi.

27-Prezident Uilyam Govard Taft (1909-1913)

Oq uyning G‘arbiy qanotining kengayishi paytida Taft ma’muriyat idorasini Ruzvelt zalidan Prezident kotibi (hozirgi shtab boshlig‘i) kabinetiga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ilgari, ofisning  faqat bir tomoni aylana shaklda edi, lekin Taft uni tenglik ramzi sifatida to‘liq oval shaklga keltirdi.

28-Prezident Vudro Vilson (1913-1921)

G‘arbiy qanotdagi qayta yangilanishdan so‘ng, Taftning vorislari yangi Oval ofisga faqat kichik o‘zgartirishlar kiritdilar. Prezident Vilson Shartnoma xonasida ishlashni afzal ko‘rdi (keyinchalik u Obamaning “odam g‘origa” aylanadi). Ipak, baxmal pardalari va mahagua yog‘ochli pollari singari Oval ofis ham o‘z qimmatini yo‘qotdi.

29-Prezident Uorren Xarding (1921-1923)

Prezident Xarding boshqaruvining ikkinchi yilida vafot etdi. 1923 yil avgust oyidagi Oval ofisining yorqin fotosuratida Xardingning charmdan ishlangan stuli va motam matolari bilan bezatilgan mashhur blotteri ko‘rsatilgan.

30-Prezident Kalvin Kulij (1923-1929)

Prezident Kulij davrida Oval kabinet asosan dizayner Natan S. Uayet Uilyam Taft uchun jihozlaganidek qolgan.

Neoklassik uslubdagi marmar kamin muhitga jiddiylik va ishonchlilik hissini bergan. Xonadagi qandil esa taniqli yoritish va metallga ishlov berish kompaniyasi EF Caldwell & Co tomonidan ishlab chiqilgan.

31-Prezident Gerbert Guver (1929-1933)

Uayet va Taftning Oval kabineti 1929 yil Rojdestvo arafasida Oq uydagi yong‘in oqibatida vayron bo‘ldi. O‘sha paytdagi Prezident Guver mustamlaka uslubidagi ofisni yog‘och panelli devorlar bilan ta’mirladi va kengaytirdi.

32-Prezident Franklin Delano Ruzvelt (1933-1945)

Guverning ta’mirlash ishlariga qaramay, Ruzvelt tez orada Oval ofisda tabiiy yorug‘lik yaxshilash maqsadida uni G‘arbiy qanotning janubi-sharqiy burchagiga ko‘chirdi. U ham uni ikki futga (60 sm) kattalashtirdi. Biroq, Ruzvelt Grand Rapids mebel ishlab chiqaruvchilar uyushmasi foydalangan 17 qismdan iborat Guver to‘plamini saqlab qoldi. Unga, “klub kreslosi, ikkita katta va bitta kichikroq qanotli stul, ikkita stol, aylanadigan stul, ikkita kreslo, ikkita kitob javoni, kichik stol va ikki tomonga o‘rnatilgan uchta chekish stendlari” kiritilgan.

33-Prezident Garri S. Trumen (1945-1953)

Trumen birinchi bo‘lib Prezident muhri tushirilgan gilamchaga ega bo‘ldi. U ko‘k-yashil ranglar uyg‘unligidan tashkil topgan bo‘lib, chet qismiga qoziqda kesilganday qilib tasmalar qo‘yilgan. Gilam Jon Kennediga suiqasd qilingan kungacha almashtirilmadi. (Bu tasodif edi. Jaklin Kennedi Texasda bo‘lganlarida ofisni ta’mirlashni rejalashtirgan.)

34-Prezident Duayt D. Eyzenxauer (1953-1961)

Eyzenxauer Oval ofis dekoratsiyasiga jiddiy o‘zgartirish kiritmagan ikki Prezidentdan biri. Biroq, xabarlarga ko‘ra, u o‘zining hovlisida o‘rnatgan golf maydonchasidan qaytayotganda olib tashlamagan golf shpiklari bilan ofis poliga zarar yetkazgan.

35-Prezident Jon Kennedi (1961-1963)

Amerikaning Birinchi xonimi Prezident Jon Kennedining rafiqasi Jaklin Kennedi fransuz interer dizayneri Stefan Budenni Oq uyni rekonstruksiya qilish va tiklash uchun taklif qildi. Buden unga yangi qizil gilam, oq divan va rangpar pardalarni taqdim etdi, ammo Kennedilar nihoyasiga yetgan ishni ko‘ra olishmadi. Ta’mirlashdan oldin Jon Kennedi Ikkinchi Jahon urushida uning hayotini saqlab qolgan kokos qobig‘idan yasalgan qog‘ozlarni solib qo‘yadigan idishni qo‘yish orqali xonani shaxsiylashtirdi.

36-Prezident Lindon B. Jonson (1963-1969)

Jonson Eyzenxauer polda qoldirgan izlarni yog‘ochdan yasalgan linoleum bilan berkitdi. U shuningdek, Oval ofisga teletayp shkafi va uchta televizorli banket o‘rnatib, uni media asriga olib kirdi. Jonsonning hatto LBJ monogrammali televizor pulti ham bor edi. Shuning uchun ham kanallarni kim boshqarishi to‘g‘risida hech qanday bahs-munozara bo‘lmasdi.

37-Prezident Richard Nikson (1969-1974)

Nikson o‘zining Oval kabineti uchun shohona ko‘k va oltin  kombinatsiyasini tanladi – ehtimol u mehmonlar orasida Elvis Presli bo‘lishini kutgandir. Nikson, shuningdek, ofisga Vilson stolini (hozirda Prezident Bayden foydalanmoqda) olib keldi. U stol o‘zining kumiri Vudro Vilsonga tegishli deb yanglishgandi.

38-Prezident Jerald Ford (1974-1977)

Ford Niksonning oltin va shohona ko‘k ranglarini sariq va havorang qilib, yorqin hamda yumshoq ranglar sxemasiga almashtirdi. Aynan Ford bugungi kunda Oval ofisda saqlanib qolgan Seymur’ning baland korpusli soatini o‘rnatgan. Ushbu soat taxminan 1800 yilda qizil yog‘ochdan qurilgan va u Oq uyning “xazinasi” hisoblanadi.

39-Prezident Jimmi Karter (1977-1981)

Karter Fordning dekoratsiyasini saqlab qoldi, lekin ba’zi shaxsiy narsalarni qo‘shdi. U, shuningdek, birinchi marta Jon Kennedi foydalangan va Bushlardan tashqari Karterdan keyingi har bir Prezident tomonidan sevib kelinayotgan mashhur Resolute stolini olib keldi.

40-Prezident Ronald Reygan (1981-1989)

Qo‘shma Shtatlarning 40-Prezidenti Ronald Reygan Oval ofisni qaytadan yangilash uchun ikkinchi bor saylanish muddatini kutdi. Yong‘oq va oq eman daraxtidan yasalgan yangi polda quyosh nurlari tasviri bilan bezatilgan yangi gilam juda ko‘rkam ko‘rinardi. Reygan, shuningdek, Ryesolute stolining tortmasiga hadeb tizzasini  uravermaslik uchun 2 dyuymli (5 sm) taglik qo‘shdi.

41-Prezident Jorj H. V. Bush (1989-1993)

Prezident Jorj Bush (kattasi) Oval ofisni ko‘k ranglar sxemasi bilan modernizatsiya qildi. Shuningdek, u ko‘plab oilaviy fotosuratlarini xonaga qo‘yib chiqdi. Bush o‘zining kabinetida C&O stolidan foydalangan yagona Prezident - u Reyganning vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan paytida undan foydalanishni yaxshi ko‘rgan.

42-Prezident Bill Klinton (1993-2001)

Bill Klinton davrida Kaki Xokersmit Oval ofisini Nikson davrini eslatuvchi naqshda bezatdi. Xokersmitning ajoyib ko‘k gilami yaqinda Bayden ma’muriyatining Oval idorasiga qaytarildi.

43-Prezident Jorj Bush (2001-2009)

Kichik Jorj Bush quyosh nurlari tasviri tushirilgan gilamchani tanlashi bilan Ronald Reyganga taqlid qildi, dizayner Ken Blasingeym uni antiqa oltin pardalar bilan birlashtirdi. Gilamning o‘zi birinchi xonim Laura Bush tomonidan yaratilgan bo‘lib, u quyosh chiqishidagi optimizmni uyg‘otish uchun mo‘ljallangan edi.

44-Prezident Barak Obama (2009-2017)

Prezident Obama birinchi bo‘lib devorlarni gulqog‘oz bilan bezashni  taklif qildi. Bu uchun u oltin va ochiq qaymoqrangli chiziq tortilgan  gulqog‘ozni tanladi. Xonadagi jigarrang baxmal divanlar va neytral fon Obama haqiqatda ofisdan o‘tirish va ishlash uchun foydalanganini ko‘rsatgan. 

“Kimdir Bushning xonasini choyxonaga o‘xshatgandi, darhaqiqat u olijanob edi, lekin Obamaning xonasi tezgina espresso ichish va ishga kirishish joyiga o‘xshaydi”, deydi Obamaning dizayneri Maykl C. Smit.

45-Prezident Donald Tramp (2017-2021)

Trampning pardalar tanlashi biroz istehzoli bo‘lib chiqdi. U ombordan topib olgan tilla pardalar dastlab birinchi xonim Xillari Klinton tomonidan turmush o‘rtog‘i Billning oval kabineti uchun tanlangan edi. Tramp, shuningdek, Obamaning devor qog‘ozi o‘rniga binoda tarix tuyg‘usini uyg‘otish uchun mo‘ljallangan dengiz o‘ramlari, barglar va gul medalonlari naqshini qo‘ydi.

46-Prezident Jo Bayden (2021-)

Prezident Jo Bayden Klinton pardalarini derazalarda qoldirishni maqul ko‘rdi va Klintonning to‘q ko‘k gilamini ham qaytarib olib keldi. Uning o‘zi esa yoshi 3,9 milliard yil bo‘lgan Oy toshini o‘rnattirdi.

Oval ofisning dekoratsiyasi shaxsiy did va niyatning ifodasidir. Bu, shuningdek, Prezident interer dizayneri uchun o‘z nomini qoldirish va tarixiy ishlarni amalga oshirishida ulkan imkoniyatdir. Oq uy faxrlanishga arzigulik uydir.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

338

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing