InfinBANK savdoni moliyalashtirish vositalari hamda XMIning kredit liniyalarini taklif etadi

Biznes

image

InfinBANK tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida o‘z mijozlariga savdoni moliyalashtirish uchun moliyaviy vositalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini taklif etadi.

Nisbatan qulayroq bo‘lgan ushbu kredit vositalaridan biri savdoni moliyalashtirish bo‘lib, an’anaviy kreditlashdan ko‘ra ko‘proq afzalliklarga ega. Birinchidan, xizmatlarga past narxlar belgilangan (arzonroq), ikkinchidan, kompaniyaning aylanma mablag‘larini jalb qilmasdan saqlab qolish mumkin. Uchinchidan, moliyaviy xavf kamayadi.

Agar sizga:

  • xorijdan xomashyo va uskunalar sotib olish uchun kredit zarur bo‘lsa;
  • siz tovar va xizmatlarni sotib olgansiz va sizga to‘lovni kechiktirish kerak bo‘lsa;
  • yangi yetkazib beruvchi yoki kontragent bilan ishlayotganda xavflarni kamaytirishni xohlasangiz, unda bemalol savdoni moliyalashtirish masalasida InfinBANK’ga murojaat qilishingiz mumkin.

Rossiya banklari va Rossiya eksport markazining kredit liniyalari doirasida Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, uskuna va maxsus texnikalar importi ham moliyalashtiriladi. Tovarlar nomenklaturasiga qarab Rossiya rublida yillik 10 foizdan subsidiyalangan foiz stavkalari asosida moliyalashtirish mumkin.

InfinBANK, shuningdek, Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi (ITFC)ning kredit liniyalari doirasida, islom moliyasi asosida ham savdo moliyalashtirishini amalga oshiradi.

Bundan tashqari, InfinBANK xalqaro kredit liniyalari doirasida biznesni rivojlantirishga yordam berishi mumkin:

• Uskunalarni yangi, energiya tejamkor muqobiliga almashtirishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) kredit liniyasi. Kreditlar yillik 7% stavka bilan 5-7 yil muddatga taqdim etiladi.

• Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) kredit liniyasi. Liniya islom moliyasi asosida faoliyat ko‘rsatadi. Kreditlar 3 yilgacha muddatga beriladi va qarz oluvchi uchun foizlar (Mark up) yiliga 9-11%ni tashkil qiladi. Mazkur kredit liniyasida turizm, mudofaa va ko‘chmas mulk sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish ko‘zda tutilmagan.

Moliyalashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni veb-sayt yoki quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: (+998) 71−202−50−80.

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing