Akbar Toshqulov Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

Adliya vazirining o‘rinbosari Akbar Toshqulov boshqa ishga o‘tayotgani munosabatibian egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Endilikda u Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Akbar Toshqulov 1971 yilning 21 sentyabrida Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasida katta maslahatchi lavozimida boshlagan.

1995-1997 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi bosh maslahatchisi, 1997-2000 yillarda boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2000-2002 yillarda Qonunchilik va huquqiy axborotni tasniflash bo‘limi boshlig‘i, 2002-2003 yillarda – Xalq xo‘jaligida yuridik ishlar bo‘limi boshlig‘i, 2003-2005 yillarda xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘I, 2005-2013 yillarda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i, 2013-2017 yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 apreldagi qarori bilan Akbar Toshqulov Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 avgustdagi farmoniga asosan Akbar Toshqulovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan huquqshunos” faxriy unvoni berilgan. 

Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetning avvalgi rektori Rahim Hakimov shu yilning iyunida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi. Shundan buyon universitetda rektorlik lavozimi vakant bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing