59-sonli maktab o‘quvchilari uchun Huawei’ning stipendiyalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Biznes

image

Kecha, 1 dekabr kuni Toshkent shahridagi 59-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida Huawei kompaniyasining xitoy tilini yaxshi bilish bo‘yicha 8-9 va 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan stipendiyalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

59-sonli davlat umumta’lim maktabida xitoy tilini eng yaxshi biluvchi o‘quvchilarni aniqlash bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Stipendiyalar tanlovi Huawei kompaniyasi tomonidan maktab rahbariyati bilan joriy yilning 12 oktabrida tuzilgan o‘zaro anglashuv memorandumiga muvofiq o‘tkazildi.

Oktyabr oyidan boshlab 8-9 va 10-11-sinf o‘quvchilari tanlovning ikki bosqichidan o‘tib, xitoy tilida ijodiy topshiriqlar bajarishdi: “Raqamli O‘zbekiston” mavzusida insho yozishdi va “Raqamli dunyo va men” mavzusida monolog tayyorlashdi. Oxirgi bosqichda ishtirokchilar maktab o‘qituvchilari va Huawei xodimlarini o‘z ichiga olgan hakamlar hay’atining savollariga ham javob berishdi. Tanlov g‘oliblari Huawei kompaniyasining bir martalik stipendiyasi sohibiga aylandi va shunga muvofiq sertifikatlar hamda kichik esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Huawei kompaniyasi O‘zbekistondagi ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va ta’lim loyihalarini amalga oshirish orqali ham AKT sohasida, ham boshqa turli sohalarda yosh iste’dodlarni rivojlantirishni keng qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz xitoy tilini bilish bo‘yicha ko‘rik-tanlovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan, shuningdek, o‘z ishlarida raqamlashtirish mavzularini ochib bera olgan yigit-qizlarni tabriklashdan mamnunmiz. Bu raqamli texnologiyalar bugungi kunda tanlagan ta’lim yo‘nalishi va bo‘lajak kasbidan qat’i nazar, barcha uchun muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi”, deya ta’kidladi O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining direktori o‘rinbosari janob Go Veylay.

Hamkorlik yillarida Huawei kompaniyasi 59-sonli maktab bilan birgalikda xalq ta’limi sohasida qator loyihalarni amalga oshirdi. 2017 yilda maktabda raqamli ta’lim konsepsiyasiga ega birinchi o‘quv xonalaridan biri ochildi. 2020 yilda Huawei kompaniyasi muassasaning texnik va moddiy bazasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktabga ofis texnikalarini sovg‘a qildi.

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 20 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va shu vaqt mobaynida ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga va yosh kadrlarni tayyorlashga doimiy ravishda katta e’tibor qaratib kelmoqda. Kompaniya har yili Seeds for The Future xalqaro ta’lim loyihasini amalga oshirib kelmoqda, xususan bu loyiha 2021 yil noyabr oyida O‘zbekistonda 7-marta o‘tkazilgan bo‘lib, bu gal u nafaqat oliy ta’lim muassasalari talabalarini, balki maktab o‘quvchilarini ham o‘zida birlashtirdi. Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTni chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktabda xakaton o‘tkazildi, 59-sonli maktabda esa, raqamlashtirish mavzularini ochib berish maqsadida lingvistik ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing