Poytaxtdagi birinchi qor — suratlarda

Jamiyat

image

Bundan deyarli ikki hafta oldin qum bo‘roni girdobida a qolgan Toshkentda bugun, 17 noyabr kuni birinchi qor yog‘di. Atrofni chang aralash qor qopladi.

So‘nggi yillarda qor toshkentliklarni xursand qilish bilan bir qatorda, xavotirga ham sola boshlagan. Negaki, ayoz kelishi bilan “svet” va gazning bosimi tushib ketishi poytaxt uchun ham odatga aylanib bormoqda.

Toshkentda qor yog‘ishi ortidan ko‘chalarda muzlamalar paydo bo‘lishi turgan gap. Shahar ma’muriyati bunga qanchalik tayyorlangani hozircha noma’lum. Birinchi qor hokimlikning bu boradagi tayyorgarligini sinovdan o‘tkazib beradi. Negaki, yo‘llarning muzdan tozalanmasligi yo‘l-transport hodisalarini ko‘paytiradi. Oqibatda busiz ham YTHlarda halok bo‘layotganlar soni yana ortishi mumkin.

QALAMPIR.UZ fotomuxbiri Toshkent ko‘chalarini kezib, qor bilan qoplangan ko‘chalar manzarasi aks etgan kadrlarni muhrladi.

Eslatib o‘tamiz, 17-18 noyabrda respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib kelishi xabar qilingandi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing