Olmazordagi shov-shuv: 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshini qachon va qayerda pichoqlagani aniqladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, joriy yilning 11 noyabr kuni Olmazor tumanidagi 191-maktabning 9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqani, natijada o‘quvchi sinfdoshini pichoqlagani, jarohatlangan bola og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgani va mazkur holat bo‘yicha Ichki ishlar idoralari tomonidan axborot berilmay, yashirib kelinayotgani haqida xabar bergan edik. 

QALAMPIR.UZ voqea tavsilotlarini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, 11 noyabr kuni soat 15:04 da Olmazor tuman IIO FMB Navbatchilik qismiga 102-raqami orqali xabar kelib tushgan. Unda 191-maktab o‘quvchisi A.S. tig‘li jism orqali tan jarohati olib, TTA 2-klinikasining jonlantirish bo‘limiga tushgani aytilgan.

Mazkur xolat yuzasidan voqea joyiga Olmazor tuman IIO FMB XPMB boshlig‘i – mayor O.A.Gaipov, Olmazor tuman IIO FMB HPMB VEMB katta inspektor psixologlari podpolkovnik Q.X.Jo‘rayeva, podpolkovnik A.A.Mansurov, podpolkovnik G‘.X.Mahmudov, profilaktika inspektori podpolkovnik X.Rahmonov,  Olmazor tuman IIO FMB JQB tezkor vakili A.Hamidov,  Olmazor tuman IIO FMB TB tergovchisi leytenant F.Inoyatov va Olmazor tuman prokuror yordamchisi M.O‘ktamov va prokuratura  tergovchilari  hamda Olmazor tuman Halq ta’lim bo‘limi mudirasi Ya.Shadiyeva yetib borgan. 

Olib borilgan surishtiruv harakatlari jarayonida joriy yilning 11 noyabr kuni soat 14:00 lar chamasida, Olmazor tumani Qora-Qamish 2/1 dahasi,  47-A  uy yonida, 2006 yilda tug‘ilgan, Olmazor tumani 191-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining  9 “A” sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan  A.S., 2006 yilda tug‘ilgan, 191-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining  9 “G” sinf o‘quvchisi R.M.ni kamsitgani sababli kelishmovchilik kelib chiqqani, janjallashib qolishgan vaqtida, voyaga yetmagan R.M. pakki pichog‘ bilan orqa ko‘krak qafasiga bir marotaba sanchib olib, tan jarohati yetkazganligi, natijada voyaga yetmagan A.S. tan jarohati olib, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining “8-Bolalar xirurgiya jonlantirish” bo‘limiga tushgani aniqlangan.

QALAMPIR.UZ’ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Olmazor tuman IIO FMB XPMB VEMB inspektor psixologlari tomonidan tig‘ tadbirlari o‘tkazilgan. Ammo jinoyatga qo‘l urgan R.M. shu kunlari maktabga kelmagani aniqlangan. 

Mazkur xolat bo‘yicha Olmazor tumani Halq ta’limi bo‘limiga qarashli 191-maktabda Olmazor tuman Halq ta’limi bo‘limi mudirasi Ya.Shadiyeva, maktab rahbariyati, Olmazor tuman IIO FMB HPMB VEMB katta inspektor psixologlari, profilaktika inspektori,  Olmazor tuman IIO FMB JQB tezkor vakillari va Olmazor tuman IIO FMB TB tergovchisi hamda Olmazor tuman prokuraturasi xodimlari va sinf rahbarlar ishtirokida tezkor majlis o‘tkazilib, tan  jarohati yetkazgan voyaga yetmagan R.M.ning sodir etgan jinoyati ota-onasi ishtirokida muhokama qilinib, ushbu jinoyatni kelib chiqish sabablari o‘rganilgan. 

Jarohatlangan bolaning hozirgi ahvoli haqida aniq ma’lumot yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1095

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing