9 oyda qancha odam O‘zbekistondan bosh olib ketgani ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar 1,4 ming kishini, ko‘chib ketganlar esa ancha ko‘proq, aniqrog‘i 19,7 ming kishini tashkil etgan. Oradagi farq 14 barobardan yuqori. 

Davlat statistika qo‘mitasi respublikaning demografik ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi boshqa ma’lumotlarni ham taqdim qildi.  

Xususan, 2021 yilning oktyabr oyi holatiga ko‘ra:
•    aholi soni – 35,1 mln. kishi;
•    ayollar soni – 17,4 mln. kishi
•    erkaklar soni – 17,7 mln. kishini tashkil qilmoqda. 

Ko‘rinib turganidek, O‘zbekistonda erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq. Bundan tashqari, shaharda yashovchilar soni qishloqdagilarni, tug‘ilish soni o‘limni, nikohlar soni esa ajrimlarni ortda qoldirgan:

•    shaharda yashovchilar – 17,8 mln. kishi 
•    qishloqda yashovchilar – 17,3 mln. kishi

•    tug‘ilish soni – 670,7 ming kishi
•    o‘limlar soni – 132,1 ming kishi 

•    nikohlar soni – 206,7 mingta
•    ajrimlar soni – 29 mingta


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1069

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing