“Arqadag‘” To‘qayevni “Betaraflik” ordeni bilan mukofotladi

Olam

image

Kecha, 25 oktyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevni Turkmanistonning “Bitaraplyk” (“Betaraflik”) ordeni bilan mukofotladi. “Arqadag‘”ning bu haqdagi farmoni davlat axborot agentligining “Turkmenistan segodnya” nashrida keltirilgan.

Qayd etilishicha, To‘qayevga orden mamlakatning doimiy betarafligini tan olish, Turkmaniston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun, shuningdek ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ta’lim va madaniy sohalar bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun berilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston Prezidentining Turkmanistonga tashrifi joriy yilning 24-25 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Birinchi kuni To‘qayev Berdimuhamedov bilan birgalikda Axaltekin ot sporti majmuasiga tashrif buyurdi. Bu yerda Berdimuhamedov Qozog‘iston rahbariga Axaltekin oti va turkman itini sovg‘a qildi.

Ikkinchi kun Prezidentlar tor doirada muzokara o‘tkazib, Qozog‘iston-Turkmaniston strategik sherikligiga oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilgan.

Safari yakunida Qosim-Jomart To‘qayev “Arqadag‘”ni kelasi yili davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing