Zanjirlangan olimlar, dafn qilingan koala... Dunyo bo‘ylab iqlim o‘zgarishiga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
Olam
−
07 noyabr 2021
6321Dunyoning turli davlatlarida o‘n minglab odamlar kecha, 6 noyabr kuni Iqlimga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lish xalqaro kuni munosabati bilan (Global Day for Climate Justice) aksiya va namoyishlar uyushtirdi. Atrof-muhitni muhofaza qilish choralarini ko‘rishni talab qiluvchi aksiyalar Filippin, Janubiy Koreya, Indoneziya, Niderlandiya, Fransiya va Belgiyada bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda “The Guardian”.
6 noyabr, Shotlandiya. Nemis rassomi Arnd Drossel Germaniyadan Shotlandiyaga, Glazgodagi namoyishga, metall shar ichida keldi.
Eng muhim norozilik namoyishi Shotlandiyaning Glazgo shahrida o‘tkazildi. Bu yerda 31 oktyabrdan 12 noyabrgacha asosiy iqlim sammiti – BMTning iqlim bo‘yicha 26-butunjahon konferensiyasi (COP26) o‘tkazilmoqda. Glazgodagi namoyish tashkilotchilari bu namoyish 100 ming kishini jamlashiga umid qilgan. Marshga Shotlandiya va Buyuk Britaniyaning boshqa shaharlaridan ham odamlar kelishgan. Masalan, 18 yoshli Aleks Sidni uglerod chiqindilarisiz sayohat qilish mumkinligini isbotlash uchun Manchesterdan Glazgoga kelish uchun 214 kilometr masofani velosipedda bosib o‘tgan.
6 noyabr, Shotlandiya. Glazgodagi marsh ishtirokchilari
Glazgoga yurishdan oldin Scientist Rebellion (“Olimlar qo‘zg‘oloni”) harakatining 20 ga yaqin vakili laboratoriya xalatida o‘zlarini zanjir bilan bog‘lab, qirol Jorj V ko‘prigini to‘sib qo‘gan va odamlarni “hammani o‘ldiradigan tizimga qarshi bosh ko‘tarishga” chaqirdi.
6 noyabr, Shotlandiya. Scientist Rebellion harakati ishtirokchilari Glazgoda
BBC News’ning yozishicha, Shotlandiya politsiyasi ko‘prikda namoyishchilarga qarshilik ko‘rsatgan. Marsh davomida bayroqlar ko‘targan odamlar ko‘chalar bo‘ylab yurishgan. Ba’zilar qo‘llarida “Men oq ayiqni ko‘rmadim, lekin ko‘rishni xohlardim” va “Har bir falokatli film olimni mensimaslikdan boshlanadi” kabi plakatlarni ushlab turishgan.
6 noyabr, Shveysariya. Syurixdagi iqlim bo‘yicha ish tashlash ishtirokchilari
Ma’lumot uchun, Butunjahon iqlim konferensiyasida dunyo rahbarlari o‘rmonlarni kesishni cheklash, ko‘mir iste’molini bosqichma-bosqich qisqartirish, qazib olinadigan yoqilg‘ilarni moliyalashtirishni tugatish va metan chiqindilarini 30 foizga kamaytirishga va’da berishdi.
6 noyabr, Avstraliya. Ekologik muammolarga qarshi kurashuvchi Extinction Rebellion harakati ishtirokchilari Melburnda koalalar dafn marosimini sahnalashtirdi
Bu chora-tadbirlar mamlakatlar global havo haroratining o‘rtacha 1,5 darajadan pastroq ko‘tarilishini cheklash uchun qilishlari kerak bo‘lgan ishlardan yiroq. Ammo 2015 yilda qabul qilingan Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi ishtirokchilari oldida havo haroratining o‘rtacha o‘sishini 1,5 darajadan past ushlab turish maqsad qilingan. Bu kelishuvga 196 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham qo‘shilgan.
6 noyabr, Janubiy Koreya. Seuldagi miting
6 noyabr, Niderlandiya. Amsterdamdagi iqlim bo‘yicha marsh ishtirokchilari
6 noyabr, Belgiya. Iqlim o‘zgarishiga qarshi Extinction Rebellion harakati a’zolari Bryusseldagi Rue de la Loi ko‘chasida
6 noyabr, Buyuk Britaniya. Londonda namoyishchilar Trafalgar maydoniga to‘plangan
LiveBarchasi