Nogironga aylangan go‘daklar: Yamandagi urush qancha bolaning yostig‘ini quritdi?

Olam

image

2015 yildan beri Yamandagi jangovar harakatlar oqibatida 10 ming bola o‘ldirilgan yoki jarohatlangan. Bu kuniga taxminan 4 nafar bola vafot etganini anglatadi. Bu haqda BMTning Bolalar jamg‘armasi UNICEF ma’lum qildi.

“Bu, albatta, biz tekshirishga muvaffaq bo‘lgan ma’lumotlar asosida. Yana ko‘plab bolalar o‘ldi va jarohat oldi, lekin bu statistikaga kira olmadi”, deya qo‘shimcha qildi UNICEF vakili Jeyms Elder.

UN: 10,000 children killed or maimed during Yemen's long war | National  News | newspressnow.com

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yamanda voyaga yetmagan bolalarning 80 foizi - taxminan 11 millioni yordamga muhtoj. Ulardan 400 ming nafari allaqachon to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda.

Shuningdek, ikki millionga yaqin bola maktabga bormaydi, yana to‘rt millioni xuddi shunday ahvolda qolish xavfi ostida. O‘qituvchilarning uchdan ikki qismi - 170 mingdan ortiq kasb vakillari deyarli to‘rt yil davomida muntazam ish haqini olmagan. Yamanning ayrim hududlarida qayta boshlangan zo‘ravonliklardan qutulish uchun 1,7 million bola o‘z uylaridan ko‘chirilgan. Yamanning 15 million aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. 

“Davom etayotgan janglar va mablag‘ yetishmasligi tufayli UNICEF bu bolalarga yordam bera olmaydi. Bu haqiqatni hammaga qanday yetkazish kerakligini bilmayman: xalqaro hamjamiyat qo‘llab -quvvatlamasa, undan ham ko‘proq bolalar o‘ladi, vaholanki, bu mojaro uchun bolalar javobgar emas”, deydi UNICEF vakili.

Nearly 10,000 Children Killed or Maimed in Yemen since 2015: UNICEF

Jeyms Elderga ko‘ra, UNICEF Yamanda infratuzilma butkul barbod bo‘lmasligi uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilyapti. Xususan, 4 mingga yaqin tibbiyot muassasasi va 130 ta ovqatlanish markazi, 1,5 mln oilani moddiy tomondan qo‘llab kelyapti. Shuningdek, 5 mln odamga ichimlik suvi yetkazib berilyapti.

Bundan tashqari, joriy yilda 620 ming yamanlik bola UNICEF orqali ta’lim olgan. Ammo, Elderning ta’kidlashicha, barcha harakatlarga qaramay, Yamandagi gumanitar vaziyat yomonlashib, iqtisodiyoti og‘ir ahvolga kelib qolgan.

“Men Yamanda to‘yib ovqatlanmagan bolalarni hayotga qaytarishga urinayotgan pediatr bilan uchrashdim. Bu ayol shifokor bo‘lish uchun o‘n yilga yaqin o‘qidi va sakkiz yil shu sohada ishladi. Shunga qaramay, u bu yil mutlaqo maosh olmagan. U o‘z ishini bepul bajarmoqda”, deydi Jeyms Elder.

UNICEF homiylardan kelasi yilning o‘rtalariga qadar Yamandagi gumanitar operatsiyalar uchun zudlik bilan 235 million dollar ajratishni so‘ragan.

Ma’lumot o‘rnida, Yamandagi mojarolar 2014 yilda boshlangan. Hamon yechimini topmagan nizolar sabab hukumat va qo‘zg‘olonchi-hutiylar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bermoqda. 2015 yil Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari hukumat qo‘shinlariga yordam bera boshladi. 2018 yilning dekabr oyida Stokgolmda BMT shafeligida o‘tgan muzokarada ikki tomon vakillari ilk bor uchrashishgandi.

UNICEF: 4 children killed or maimed in Yemen every day - International Shia  News Agency

Major pledging conference aims to bring relief to Yemen | Middle East |  News and analysis of events in the Arab world | DW | 25.04.2017


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing