O‘zbekiston kambag‘allikka qarshi kurashyapti, ammo... (fotoreportaj)

Jamiyat

4 (41)

Qashshoqlikning barcha shakllariga barham berish eng muhim global muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. JAmiyatdagi bu illatni yo‘qotish, muammoga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratish maqsadida yuundan 29 yil oldin 17 oktyabr BMT tomonidan Xalqaro qashshoqlikka qarshi kurash kuni etib belgilangan. Iqtisodiyoti, texnologiyasi va moliyaviy resurslari rivojlangan dunyoda millionlab odamlarning o‘ta qashshoqlikda yashashini qabul qilish qiyin. Kambag‘allik odamlarni munosib hayot kechirish va o‘z huquqlarini amalga oshirish imkoniyatidan, shu jumladan xavfsiz mehnat va yashash sharoitlaridan, sog‘lom ovqatlanish, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatidan mahrum qiladi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 736 million odam qashshoqlik chegarasida yashaydi. 2020 yilda dunyoni qamrab olgan COVID-19 pandemiyasi qashshoqlik va o‘ta qashshoqlikka qarshi kurashda o‘nlab yillar davomida erishilgan yutuqlarni yo‘qqa chiqardi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, inqiroz oqibatida 150 millionga yaqin odam qashshoqlikka tushib qolgan.

Toshkent shahri

Oxfam xayriya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda butun dunyo bo‘ylab 155 million odam oziq-ovqat xavfsizligi inqirozini boshdan o‘tkazmoqda – bu o‘tgan yilgidan 20 millionga ko‘p. Ularning uchdan ikki qismi mamlakatida harbiy mojaro davom etayotgani uchun shunday yashamoqda.

Toshkent shahri

Dunyo bo‘ylab qashshoqlikda yashayotgan bolalarning ko‘p qismi sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega emas. Sababi shundaki, qashshoq aholida farzandlarini yaxshi maktablarda o‘qitish imkoniyati yo‘q. Bu ham yetmagandek ular hali voyaga yetmagan norasidalarning ishlab topgan pullariga muhtoj. Ta’lim olmagan bola kelajakda o‘z farzandlariga ham g‘amxo‘rlik qila olmaydi. Shu zaylda avlodlararo qashshoqlik darajasi kundan kunga o‘sib bormoqda.

Toshkent shahri

Qashshoqlikda yashayotgan odamlar o‘z huquqlarini amalga oshirishga va qashshoqlikka qarshi kurashishga to‘sqinlik qiladigan ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar, jumladan:

•  xavfli mehnat sharoitlari;
•  xavfli uy-joy;
•  sog‘lom ovqatlanmaslik;
•  siyosiy hayotda ishtirok etish imkoniyatining yo‘qligi;
•  sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangani.

Toshkent shahari

Bugunga kelib O‘zbekiston ham mamlakatda kambag‘allar borligini tan olib, jamiyatdagi bu illatga qarshi jadal kurashmoqda. Kambag‘al aholi qatlamini kamaytirish yo‘lida turli qaror, farmonlar, strategiyalar ishlab chiqilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 27 fevral kuni o‘tkazgan videoselektorida mamlakat aholisining 12-15 foiz yoki 4-5 millioni kambag‘al ekanini ilk bor ochiqlagandi.

Toshkent shahri

“Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh, bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo‘lyapti, degan savol har kuni qiynaydi”, degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva esa 2020 yilning 19 iyun kuni o‘tkazilgan yalpi majlisda kam ta’minlangan, ehtiyojmand aholi ro‘yxati shakllantirilgani, respublika bo‘yicha 7 mln 192 mingdan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini, ya’ni 4,1 foizi (bu hozirgacha ro‘yxatga olinganlar) eng ehtiyojmand hisoblanishi haqida aytgandi.

Toshkent viloyati Piskent tumani

“Bu son ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. Bular faqat dastlabki olingan ma’lumotlar bo‘lib, eng kambag‘allik darajasida yashayotgan xonadonlar bilan ish olib borilmoqda”, degan Tanzila Norboyeva.

QALAMPIR.UZ Toshkent shahrini kezib, bozorda sotuvchilik qilayotgan katta yoshdagilarni Yangi O‘zbekiston va undagi o‘zgarishlar haqida fikrlari bilan qiziqdi.

Toshkent shahri

Ulardan biri shunday deydi:

“Eh bolam, yoshim 60 da. Shu yoshda bozorda ishlashimning birgina sababi bu – yetishmovchilik. Xudoga shukr bolalarim bor, lekin maoshlari kam. Ro‘zg‘or g‘or deyishadi. Bir narsaga yetsa, biriga yetmay qoladi. Bollarimga harna yordam bo‘lsin deyman. Hamma televizorda chiqib va’da beradi. Bizga o‘xshagan bechoralarni ham dardini tinglasharmikin. Bozorga bir qarasang, katta yoshda ishlaydiganlar juda ko‘p. Odam katta bo‘lganda rohatda yashashni xohlaydi. Nima ham deymiz, yashash uchun kurashish kerakda”.

Shuningdek, QALAMPIR.UZ Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi O‘smat qishlog‘ida bo‘lib, qishloq aholisining yashash sharoiti bilan tanishdi.

Toshkent viloyati Piskent tumani

Ba’zi mahallalarda omonatgina qurilgan uylar, kuzning jalasiga bardosh bermay sinib ketgan shiferlar, kambag‘allikda kun kechirib, bugungi kuni bilan yashayotgan aholini o‘ylantiradi. Ammo, bu muammolarga chora topish mushkul. Qish kunlari yaqin, ammo uyning tomi yo‘q. Qishning izg‘irinida ularning qanday kun kechirishi bizni o‘ylantirdi. “Qishda qanday yashaysiz?”, deya savol bersak, xotirjamgina “Tom yopishga palatkamiz ham bor”, deb qo‘ya qolishdi.

Toshkent viloyati Piskent tumani

Darhaqiqat, poytaxt ko‘chalari, metro bekatlari, bozorlar, turli jamoat joylarida ham qashshoqlik, moddiy yetishmovchilik sababli tilanchilik qilayotgan insonlar talaygina va ular kun sayin ortmoqda.

Kambag‘allik holatiga tushib qolishdan ko‘ra, undan chiqib ketish anchayin mushkul. Bugungi kunda dunyo aholisining kam ta’minlangan qatlamlari energiya resurslar va ichimlik suvi bilan ta’minlanmayapti.

Toshkent shahri

Toshkent shahri

Toshkent shahri

Toshkent viloyati Piskent tumani

Toshkent shahri

Toshkent viloyati Piskent tumani

Toshkent viloyati Piskent tumani

Toshkent shahri

Toshkent viloyati Piskent tumani

Toshkent viloyati Piskent tumani

Toshkent shahri

Toshkent viloyati Piskent tumani


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qashshoqlik Xalqaro qashshoqlikka qarshi kurash kambag'allar

Baholaganlar

738

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing