Botir Zokirov nomidagi institut tashkil etiladi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi. Tegishli qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan. 

Hujjatga ko‘ra:

•  institutda ta’lim faoliyati 2021-2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

•  2022-2023 o‘quv yilidan boshlab, bakalavriatda 2 ta yangi ta’lim yo‘nalishi (bastakorlik san’ati, san’atshunoslik: musiqashunoslik) va magistraturada 2 ta yangi mutaxassislik (ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi, musiqa san’ati) ochiladi;

•  Konservatoriyada hozirda tahsil olayotgan bakalavriatning 2–4 kurs va magistraturaning 2-kurs talabalari o‘qishini Institutda davom ettiadi.

Institutning asosiy vazifalari belgilanmoqda, jumladan:

•  yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

•  milliy estrada yo‘nalishida zamonaviy ijro namunalarining “Oltin fondi”ni yaratish hamda ularni notaga ko‘chirish va amaliyotga keng joriy etish;

•  milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish.

2022-2023 o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari (324 ta), ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari (17 ta), maktab-internatlar (8 ta) hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga (2 ta) Institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda mamlakatda ijod qilib kelayotgan taniqli estrada ijodkorlari biriktiriladi hamda “Mahorat darslari” yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek estradasi asoschisi Botir Zokirovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing