Boris Tashkentskiy vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
16 Oktabr 2021
26480Boris Tashkentskiy nomi bilan mashhur bo‘lgan teatr va kino aktyori Boris Morduxayev 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Moskvanning “Romen” nomli musiqali drama lo‘li teatri saytida bugun, 16 oktyabr kuni ma’lum qilindi.
“Boris Roshelevich ko‘plab san’atkorlarga ustozlik qilgan. 90-yillarda u yosh iste’dodlardan butun boshli bir guruh tuzgan va ularning ko‘plari keyinchalik juda muvaffaqiyatli aktyorga aylangan. U butun umri davomida haqiqiy ustozga yarasha o‘z iste’dodini saxiylik bilan bo‘lishgan”, deyiladi teatr xabarida.
Tashkentskiy “Salom, Pushkin”, “Lo‘li xarakteri”, “Ganganing katta to‘lqini”, “Ajdodlar qonuni”, “Gilos gullari” kabi pesalardagi rollari bilan mashhur. Aktyorning filmografiyasida “Kutilmagan Budulay”, “O‘yinchi”, “Mening orolim ko‘k”, “Sovrindor qirol”, “Chardash Monti” va “Qora marvarid” kabi filmlar bor.
Ma’lumot uchun, Boris Morduxayev 1937 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Aktyorlik unga ota kasb hisoblanadi. O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist Roshel Sionovich Morduxayevning o‘g‘li bo‘lgan Boris Toshkent Teatr instituti hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘qigan.
LiveBarchasi