O‘zbekiston qamoqxonalarida qancha mahkum saqlanmoqda?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugungi kunda O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalarida 30 mingga yaqin mahkum bor. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayni paytda jazoni ijro etish tizimida 29 mingdan ortiq, shundan 7 mingdan ortig‘i manzil koloniyada, 22 mingdan ortiq mahkumlar boshqa turdagi koloniyalarda jazo muddatini o‘tamoqda.

Jinoyat ijroiya kodeksida qayd etilishicha, jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan, davolash huquqi asosidagi koloniyalar, tarbiya koloniyalari, turmalar, mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar kiradi.

Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari vazifasini bajaradi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 54 ta jazoni ijro etish koloniyasi mavjud. Shundan 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi manzil koloniya va 11 tasi tergov hibsxonalari hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

916

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing