Fil xartumidagi qiz, sher bag‘ridagi yigit! Insonning yovvoyi hayvonlar bilan uchrashuvi (fotoreportaj)
Bu qiziq
−
22 yanvar 2022
13192Hech yovvoyi hayvonlar dunyosi vakillari bilan uchrashishni tasavvur qilganmisiz? Arslon bilan quchoqlashish, bo‘ri bilan ovqatlanish-u filning xartumida yurishni-chi? Olga Baranseva, Robin Shvars, Katerina Plotnikova kabi bir qancha fotograflar insonning yovvoyi dunyo vakillari bilan uchrashuvini kadrlarga muhrlagan. QALAMPIR.UZ sizga aynan mana shunday ajoyib va qiziq kadrlarni taqdim etadi.
Amerikalik aktyor Kevin Richardson ma’lum vaqt sherlar bilan yashagan. Hattoki Kevin ularning yonida uxlagan, ular bilan birga oziqlangan, cho‘milgan.
Bu amerikalik qiz Ameliya. U fotograf Robin Shvarsning qizi. Ameliya otasi bilan birga fillar, yo‘lbarslar va boshqa ko‘plab yovvoyi hayvonot dunyosning vakillari bilan uchrashgan. Shvarsning so‘zlariga ko‘ra, qizi har bir hayvon bilan yaxshi aloqaga kirisha olgan.
Shveysariyalik Din Afrikadagi hayvonlarni qutqarish uchun o‘zining nufuzli ishidan voz kechgan. Hozirda Din brakonerlardan zarar ko‘rgan yovvoyi hayvonlarni parvarish qiladi.
Tailandlik volontyorlar fillarga yordam berish uchun alohida guruh tuzgan. Guruh vakillari fillarni ovqatlantiradi, davolaydi, salomatligiga qaraydi.
Hayvonlar bilan selfie tushish ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining orzusidir. "Hayvonlarning sehrgari" deya ta’riflanadigan Allan Dixon bu orzularni allaqachon amalga oshishiga muvaffaq bo‘lgan. U dunyo bo‘ylab sayohat qiladi va turli xil hayvonlar bilan bir-biridan ajoyib selfie'lar tushadi.
Quyida esa Olga Baransevadan yovvoyi hayvonlar bilan olingan ajoyib suratlar. Odatda fotograf suratga olish uchun eng noodatiy modellardan foydalanadi ya’ni u haqiqiy yovvoyi hayvonlar bilan ishlaydi. Olga Baranseva o‘zining suratlarida tabiat bilan inson birligini ko‘rsatadigan sehrli kompozisiyalar yaratgan.
Moskvalik fotograf Katerina Plotnikovaning asarlari tomoshabinlarda unutilmas taassurot qoldiradi. Bugun sizga uning ijodidan taqdim etayotgan suratlarimizda qizlar qo‘rqmasdan bo‘rilar, ayiqlar va tulkilar bilan quchoqlashgani aks etgan.
LiveBarchasi