Dunyoning TOP-1000 taligiga kirgan OTMlar o‘zbekistonlik abituriyentlarni imtihonsiz talaba bo‘lishga chorlamoqda

Biznes

Bugungi kunda butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham oliy ta’lim olishga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Buni birgina bu yilgi oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar sonidan ham bilish qiyin emas. Joriy yil O‘zbekistondagi oliygohlarga 948 211 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ularning bor-yo‘g‘i 157 755 nafari, ya’ni 16,6 foizigina talabalikka qabul qilindi. Deyarli 84 foiz abituriyent o‘qishga kira olmagan. Xo‘p, mana shu yiqilganlarning 84 foizidan 10 foizi superkontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lsa ham, qolgan 74 foiz abituriyent keyingi yilni kutishga majbur. 

Ammo sizda yana bir yilni shunchaki o‘tkazib yubormaslik va o‘qishdan yiqilganingizga qaramasdan talaba bo‘lish imkoniyati bor. Qanday qilib deysizmi? Bunda sizga 2016 yildan beri o‘z faoliyatini olib borayotgan INSIDE-A agentligi yaqindan yordam beradi. Ushbu agentlik Ukrainadagi nufuzli universitetlarda HECH QANDAY IMTIHONSIZ talaba bo‘lishingizni kafolatlaydi. Ularning ayrimlari dunyo reytingida TOP-1000 talikka ham kirgan. Demak, siz o‘qishingiz mumkin bo‘lgan universitetlar ro‘yxati bilan tanishing:

1.  Xarkov milliy aviatsiya universiteti
2.  Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy yuridik universiteti
3.  V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti
4.  Xarkov milliy politexnika universiteti
5.  Xarkov milliy tibbiyot universiteti
6.  Xarkov milliy aerokosmik universiteti
7.  Xarkov milliy shahar xo‘jaligi universiteti
8. Xarkov milliy axborot texnologiyalari universiteti

Endi esa sizni mazkur nufuzli universitetlar bilan yaqindan tanishtiramiz. 

Ivan Kojedub nomidagi Xarkov Milliy aviatsiya universiteti 1930 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha paytlarda bor-yo‘g‘i ikkita fakultetga ega edi. Universitetda 12 nafar o‘qituvchi 69 nafar talaba uchun dars berardi. Xarkov Milliy aviatsiya universiteti juda tez sur’atlarda rivojlandi va 1940 yillarning boshlarida universitetda tahsil olayotgan talabalar soni 1000 nafardan oshib ketdi. Bugungi kunda ushbu universitetda 7000 dan ortiq talaba, 160 nafar aspirant tahsil olmoqda. Ularga 700 nafar o‘qituvchi (shundan 95 nafari professor va fan doktorlari, 400 dan ortiq dotsentlar va fan nomzodlari) va 2000 dan ortiq xodimlar ta’lim berib kelmoqda.

Professional yurist yoki huquqshonos bo‘lishni orzu qiladiganlar uchun Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy yuridik universitetini tavsiya etamiz. Mazkur universitet 2007 yilda “TOP-200 Ukraina” reytingida beshinchi, yuridik universitetlar ichida esa birinchi o‘rinni egallagan. “Korrespondent” jurnali tomonidan tuzilgan reytingda Yaroslav Mudriy nomidagi Milliy yuridik universitetining mashhurligi va bitiruvchilarning kasbiy faoliyatga bo‘lgan talabi hisobga olinib, “Eng yaxshi yuridik oliy o‘quv yurti”, deb tan olingan. Mazkur universitet xalqaro reytinglarda ham o‘z o‘rnini boshqa universitetlarga bermay kelmoqda. Bugungi kunda ushbu universitetda turli davlatlarda kelgan 22 mingga yaqin talabalar tahsil olyapti. 2018 yildan boshlab 2-bosqich talabalariga O‘zbekiston qonunlari bo‘yicha alohida fan ham o‘qitilmoqda. Sizda ham Ukrainada tahsil olayotgan bo‘lajak advokat va yuristlar qatorida bo‘lish imkoni bor va buni aslo qo‘ldan chiqarmang.

V.N Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti – Ukrainaning yetakchi universitetlarining yirik ilmiy markazlaridan biri. Ushbu universitet 1804 yildan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti “QS World University Rankings” reytingiga ko‘ra dunyodagi eng yaxshi universitetlar 500 taligiga kirgan. V.N Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti UNESCO reytingida “Ukrainadagi 200 ta eng yaxshi universitet”lar ichida uchinchi o‘rinni egallagan. Universitet keng xalqaro hamkorlik dasturiga ham ega bo‘lib, dunyoning 25 mamlakatida 61 ta universitet bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda universitetda 3000 dan ortiq chet ellik talabalar va aspirantlar tahsil olmoqda.

Yetuk injener yoki ixtirochi bo‘lishni xohlovchilar Xarkov milliy politexnika universitetiga o‘z hujjatlarini topshirishlari mumkin. Mazkur universitet 1885 yilda tashkil topgan bo‘lib, Ukrainadagi eng qadimgi texnik ta’lim beruvchi oliygohdir. 2016 yilda mazkur universitet Ukrainadagi eng yaxshi universitetlar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. Universitet mashinasozlik, turbina muhandislik, avtomatika, elektrotexnika, elektronika, kimyo muhandisligi, boshqaruv tizimlari, psixologiya, korxona iqtisodiyoti, biznes va yana ko‘plab sohalar bo‘yicha mutaxassislar yetishtirib chiqaradi. Xarkov milliy politexnika universitetida xalqaro ta’lim fakulteti ham mavjud bo‘lib, u chet ellik talabalarni Ukraina universitetlarida o‘qishga tayyorlaydi. Fakultetning malakali o‘qituvchilari esa Ukraina Ta’lim va fan vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturiga muvofiq yuqori darajadagi o‘qitishni ta’minlaydilar. Darslar boshqa universitetlarnikiga qaraganda biroz erkin, ijodiy va do‘stona muhitda o‘tiladi.  

Shifokor bo‘lishni istovchilar uchun Xarkov milliy tibbiyot universiteti o‘z eshiklarini ochdi. Mazkur universitetda 9379 talaba, amaliyotchi, aspirantlar tahsil olmoqda. Bundan tashqari, universitetda dunyoning 72 mamlakatidan 4327 nafar chet el fuqarolari ham bilim olishadi. Bugungi kunda Xarkov milliy tibbiyot universiteti UNESCO tomonidan ro‘yxatga olingan Jahon universitetlari xalqaro assotsiatsiyasi a’zosi. Universitetda ilg‘or o‘quv texnologiyalaridan foydalanilgan holda simulyatsiya mashg‘ulotlari, amaliy ko‘nikmalar, tibbiy asboblar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va turli xil klinik holatlar uchun simulyatorlarning keng turlaridan faol foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. 

I.Jukovskiy nomidagi Milliy Aerokosmik Universiteti aviatsiya va kosmik texnologiyalarni rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida mutaxassislarni tayyorlaydigan Ukrainaning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biridir. Mazkur universitet 1930 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Ukrainaning 10 ta eng yaxshi universitetlari ro‘yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari, ushbu universitet dunyoning TOP-100 universitetlar qatoriga ham kiradi. Xarkov aviatsiya universiteti tashkil topganidan buyon 53 mingdan ortiq muhandislar tayyorlagan. Ukraina aerokosmik sanoatida ilmiy darajaga ega xodimlarning 80 foizi Xarkov aviatsiya universitetini bitirgan kadrlardir. Hozirgi kunda universitetda 64 mutaxassislik bo‘yicha 11000 talaba tahsil olmoqda. Universitetda 32 mamlakatdan 1200 ga yaqin xorijiy talabalar ham bilim olishadi.

Xarkov milliy axborot texnologiyalari universiteti esa Ukrainadagi eng yuqori darajadagi akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtidir. Mazkur universitet Ukrainadagi eng qadimgi texnologiya universitetlaridan biri bo‘lib, unda 12000 dan ortiq talaba va 30 ta ilmiy markazlar mavjud. U elektrotexnika, elektronika, telekommunikatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter texnologiyalari sohasida kuchli ilmiy va o‘qitish qobiliyatiga ega. Ta’lim va biznesga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ushbu universitet katta tajribaga ham ega.

Xullas, sizda o‘zingizni qiziqtirgan 100 dan ortiq yo‘nalishda o‘qish imkoniyati bor. Buning uchun esa sizga INSIDE-A agentligi yordam beradi. Hoziroq agentlikka murojaat qiling va HECH QANDAY IMTIHONLARSIZ talaba bo‘ling. Diplomning O‘zbekistonda tan olinishi bilan hech qanday muammo bo‘lmasligi esa agentlik tomonidan kafolatlanadi.

Shoshiling, vaqt oz qoldi!

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Jangoh ko‘chasi, 2AB/238-uy.

Mo‘ljal: G‘afur G‘ulom metro bekati.

Telefonlar: +99897 7223010, +99897 4423010, +99897 4333010, +99897 422 3010

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Telegram bot

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing