Diqqat! Nufuzli xalqaro universitet abituriyentlarni imtihonsiz talaba bo‘lishga taklif qilmoqda

Biznes

image

Amerikalik mashhur yozuvchi Upton Sinklayirning 1937 yilda nashrdan chiqqan “Ilk avtomobillar qiroli” (The Flivver King) nomli kitobi kimga bag‘ishlanganini bilasizmi? Mazkur asar mashinasozlik sanoatida yangi inqilobni boshlab bergan shaxs – Genri Ford haqida edi. Aynan ushbu asarda yozuvchi taniqli muhandisni ilk bor “mashinalar qiroli” deya ta’riflaydi. Bugun esa oramizda mashinasozlik rivojiga qo‘shgan hissasi tufayli ismlari mashhur kompaniya nomlariga aylangan Nikola Tesla va Genri Ford kabi insonlarni tanimaydiganlar topilmasa kerak. 

Kun kelib sizning ham ismingiz mashhur kompaniya nomiga aylanishi yoxud dunyoning eng yirik shaharlarida sizning ismingiz bilan mashinalar chiqarilishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?! Bu shunchaki ushalmas orzu, deysizmi?! Aslo unday emas! Hoziroq INSIDE-A agentligiga murojaat qiling va Ukrainaning nufuzli Xarkov milliy politexnika universiteti talabasiga aylaning. Eng quvonarlisi esa mazkur universitetda tahsil olish uchun HECH QANDAY IMTIHON TOPSHIRMAYSIZ! Nega aynan ushbu universitet deysizmi?

Birinchidan, Xarkov milliy politexnika universiteti akkreditatsiyaning eng yuqori – IV darajasiga ega;

Ikkinchidan, mazkur universitet Ukrainadagi 5 ta eng yaxshi universitetlar qatoriga kiradi;

Uchinchidan, Xarkov milliy politexnika universiteti xalqaro reytingda TOP-1000 talikka kirgan oliygohdir;

To‘rtinchidan, universitet muhandislar tayyorlash bo‘yicha 130 yillik tajribaga ega.

Xarkov milliy politexnika universiteti 1885 yilda tashkil topgan bo‘lib, Ukrainadagi eng qadimgi texnik ta’lim beruvchi oliygohdir. 2016 yilda mazkur universitet Ukrainadagi eng yaxshi universitetlar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. Universitet mashinasozlik, turbina muhandislik, avtomatika, elektrotexnika, elektronika, kimyo muhandisligi, boshqaruv tizimlari, psixologiya, korxona iqtisodiyoti, biznes va yana ko‘plab sohalar bo‘yicha mutaxassislar yetishtirib chiqaradi. Xarkov milliy politexnika universitetida xalqaro ta’lim fakulteti ham mavjud bo‘lib, u chet ellik talabalarni Ukraina universitetlarida o‘qishga tayyorlaydi. Fakultetning malakali o‘qituvchilari esa Ukraina Ta’lim va fan vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturiga muvofiq yuqori darajadagi o‘qitishni ta’minlaydilar. Darslar boshqa universitetlarnikiga qaraganda biroz erkin, ijodiy va do‘stona muhitda o‘tiladi.  

Xarkov milliy politexnika universitetida o‘qishning qanday afzalliklari bor, deysizmi? Unda tanishing:

• xalqaro tajriba;
• yuqori darajadagi bilimlarni olish;
• universitetda o‘qish paytida turli mamlakatlardan do‘stlar orttirish;
• o‘z ona tilida so‘zlashuvchi talabalar bilan muloqot orqali rus va ukrain tillarini o‘rganish;
• bundan tashqari, ukrain va rus madaniyatini o‘rganish imkoniyati ham bor.

Shuningdek, Xarkov milliy politexnika universiteti har yili 300 ga yaqin bitiruvchilarini tadqiqot o‘tkazishlari uchun dunyoning bir qator davlatlariga yuboradi. Mazkur universitetda 23 ta fakultet, 91 ta bo‘lim, 2 millionga yaqin kitob fondiga ega ilmiy-texnik kutubxona, yangi axborot texnologiyalari markazi hamda o‘z bilimlaringizni amaliyotda sinab ko‘rish uchun maxsus tadqiqotlar markazi ham mavjud. Universitetda bugungi kunda AQSH, Angliya, Germaniya, Kanada, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Hindiston, Xitoy va yana ko‘plab mamlakatlardan kelgan 2000 dan ortiq talabalar va aspirantlar tahsil olmoqda. Shoshiling, sizda ham mazkur universitetda tahsil olish va baxtli talabalar qatorida bo‘lish imkoniyati bor. Bugun Xarkov milliy politexnika universiteti O‘zbekistonlik abituriyentlar va o‘qishga kira olmagan talabgorlar uchun ham bag‘rini ochmoqda. Diplomning O‘zbekistonda tan olinishi bilan hech qanday muammo bo‘lmasligi esa INSIDE-A agentligi tomonidan kafolatlanadi.

Hoziroq INSIDE-A agentliga murojaat qiling va HECH QANDAY IMTIHONLARSIZ talaba bo‘ling!

Shoshiling! Vaqt oz qoldi!

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Jangoh ko‘chasi, 2AB/238-uy.

Mo‘ljal: G‘afur G‘ulom metro bekati.

Telefonlar: +99897 7223010, +99897 4423010, +99897 4333010, +99897 422 3010

Telegram    Telegram bot    Facebook    Instagram    Sayt

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing