Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi dala o‘quv maydonida snaryad portlashi oqibatida vafot etdi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2021
22790Ijtimoiy tarmoqlarda namanganlik 21 yoshli yigitning ota onasi o‘g‘lining harbiy xizmat vaqtida portlab ketgani, lekin mas’ullar ularga voqea tafsilotlarini aytmagani yuzasidan Prezidentga videomurojaat yo‘llab chiqdi. Ular o‘z videomurojaatida o‘g‘lining o‘limiga mas’ul bo‘lgan shaxslar qonun oldida javob berishini so‘ragan.
Videomurojaatda ta’kidlanishicha, yigit joriy yil 14 mart kuni Chirchiq shahriga Milliy gvardiya safida xizmat qilish uchun ketgan. Xizmatning 6 oyi o‘tgandan so‘ng, joriy yilning 20 avgust kuni “o‘g‘illaring portlab ketdi” deb, jasadini tashlab ketishgan.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 21 avgust kuni dala o‘quv maydonida snaryad qoldiqlari portlashi oqibatida Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi R.Baratov hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 21 avgust kuni Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 297-moddasi (Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi