Ispaniyada 26 yoshli ayol selfi tushmoqchi bo‘lib, jarlikdan yiqildi (video)
Olam
−
19 Sentabr 2021
30755Ispaniyada 26 yoshli ukrainalik ayol jarlikdan yiqilib shifoxonada vafot etdi. U selfi tushmoqchi bo‘lib, xavfli tepalikka chiqqan. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda.
Qayd etilishicha, 26 yoshli ukrainalik ayol Ispaniyaning Benidorm shahrida joylashgan, sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan “O‘rta er dengizi balkoni” nomli tepalikda selfi tushmoqchi bo‘lgan. Ehtiyotsizlik tufayli muvozanatni yo‘qotib, suvga qulab tushgan.
Videolavhada qutqaruvchi suv ustida tebranayotgan, hushidan ketgan ayolni to‘lqinlar orasidan qanday olib chiqishga urinayotgani aks etgan.
Voqea joyiga tez yordam xizmati chaqirilgan. O‘sha vaqt ayol yiqilish paytida olgan og‘ir jarohatlari tufayli hushsiz bo‘lgan. Keyin uni Alikante shahridagi shifoxonaga olib borishgan va u o‘sha yerda vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda ukrainalik ayol bilan birga uning yigiti ham bo‘lgan.
LiveBarchasi