Facebook “Tolibon” akkauntlariga taqiq qo‘yadi

Olam

image

Bugun,17 avgust kuni Amerikaning Facebook kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ida va Instagram, WhatsApp messenjerida “Tolibon” harakatini targ‘ib qiluvchi har qanday kontentga taqiq qo‘ydi. Bu haqda CNBC Facebook kompaniyasi vakilining so‘zlariga tayanib xabar berdi.

“Tolibon” AQSH qonunlari bo‘yicha terrorchi tashkilot, deb tan olingan va biz siyosatimizga muvofiq ularni  xavfli tashkilot sifatida xizmatlarimizdan foydalanishni taqiqlaganmiz”, deydi kompaniya vakili.

Taqiq sabab Facebook ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati “Tolibon”ga tegishli akkauntlarni, shuningdek harakatni qo‘llab-quvvatlovchi va uni madh etuvchi postlarni o‘chirib tashlaydi.

CNBC telekanalining ta’kidlashicha, “Tolibon” bir necha yillardan buyon ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z xabarlarini tarqatib keladi.

Shuningdek, WhatsApp platformasiga cheklovlar kiritilishi qiyinlashmoqda. Bunga ikkita sabab bor, bular: WhatsApp’ning chat platformasi to‘liq shifrlangani va Facebook platformasi foydalanuvchisining xabar va postlarini to‘liq nazorat qila olmasligidir. Ammo, messenjer vakilining aytishicha, sanksiyaga uchragan shaxs yoki tashkilot Facebook va WhatsApp’da mavjud bo‘lsa, ularga nisbatan qat’iy chora ko‘riladi.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing