Tokio-2020: Olimpiya o‘yinlaridagi qaltis vaziyatlar va yiqilishlar (fotoreportaj)
Sport
−
05 avgust 2021
15004Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari nafaqat sportchilarning natijalari balki, ularning emotsional holati va tasodifiy yiqilishlari bilan ham esda qoldi. Ularning qaltis yiqilishlari ba’zi hollarda jiddiy jarohatlanishiga olib kelgan bo‘lsa, ba’zi hollarda yanada motivatsiya va g‘ayrioddiy kuch tuhfa etdi. Bugun “Tokio-2020” o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarning tasodifiy yiqilgan jarayonlaridan fotoreportajni taqdim etamiz.
Yaponiyalik Yu Yamamoto beysbol o‘yini paytida devor ustidan uchib o‘tdi.
Fransiyalik voleybolchi Bartelemi Chineniyeze Polshaga qarshi o‘yinda yiqilib tushdi.
Tailandlik chavandoz Arinadta Chavatanont otidan yiqildi.
Yaponiyalik Funa Nakayama skeytbord bo‘yicha musobaqada.
Marokashlik sportchi 3000 metrga yugurish paytida yiqilib tushdi.
Amerikalik Eshli Jonson va Margaret Steffens ayollar suv polosi musobaqasida jarohat oldi.
Daniyalik sportchi Sara Petersen 400 metrga yugurish bahslarida yiqilib tushdi.
Gabriyel Medina Braziliya terma jamoasi syorfing musobaqasida.
Gimnastikachi Yufei Lu mat ustiga yiqildi.
Janubiy Afrikalik sportchi Gift Leotlela erkaklar o‘rtasida 100 metrga yugurish bahslarining yarim finalida jarohat oldi.
Ispan gandbolchisi Raul Entrerios Germaniyaga qarshi o‘yinda yiqilib tushdi.
Gollandiyalik chavandoz Matyo Van der Poul tog‘-velosipedi musobaqasining birinchi davrasida qulab tushdi.
Rossiyalik gimnastikachi Anjelina Melnikova ko‘pkurashda jamoada chiqish qilayotganda yog‘ochdan yiqildi.
Gretsiyalik tennischi Stefanos Sitsipas Ugo Xumbertga qarshi bahsda o‘ng oyog‘idan jarohat oldi.
LiveBarchasi