Afrika janubida qor yog‘di, AQSHda esa o‘rmon yong‘ini avj olmoqda (video+foto)

Olam

Janubiy Afrika Respublikasining turli shaharlarida rekord darajada past havo harorati qayd etildi. Bu haqda mahalliy meteoxizmatlar xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘r, turli shaharlarda havo harorati bo‘yicha jami 19 ta rekord o‘rnatilgan. Yoxannesburgda harorat -7 darajaga tushgan. Bundan avvalgi eng past harorat -6,3 daraja 1995 yil 19 iyulda qayd etilgandi. Eng past harorat Kimberley shahrida (-9,9 daraja) kuzatilgan.

Mamlakatning ba’zi hududlarida qor yog‘gan. Meteorologlar tez orada havo harorati normallashishini aytmoqda.

Afrika janubida sovuq havo hukm surayotganda Shimoliy Amerikada, aniqrog‘i AQSHda jazirama sabab o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga o‘rmon yong‘inlari mamlakat g‘arbini deyarli to‘liq qamrab olgan.

Kaliforniya shtatining shimolidagi to‘rtta okrugda o‘rmon yong‘inlari sabab favqulodda holat e’lon qilindi. Yana beshta shtat – Oregon, Vashington, Vayoming, Aydaxo va Montanada ham favqulodda holat e’lon qilingan.

AQSH g‘arbidagi rekord darajada yuqori harorat va qurg‘oqchilik sabab Kaliforniya rahbariyati aholidan ichimlik suvi iste’molini 15 foizga kamaytirishni so‘radi. Bu tabiiy ofatlarga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Afrika o'rmon yong'ini qor

Baholaganlar

129

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing